Turkiyaning Istanbul şahridan Toşkentga 28 iyul kuni uçgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti favqulodda vaziyat tufayli aeroportga qaytdi.

HY-272 reysini amalga oşirayotgan Boeing 767 samolyoti havoga kötarilganidan biroz ötgaç, zaxira aeroporti - Anqara şahriga qönmoqçi bölgan. Havo kemasi ekipaji bortda favqulodda vaziyat yuz berganini anglatuvçi 7700 kodini qöygan. Ekipaj kutiş zonasida biroz parvoz qilgaç, jönab ketiş aeroporti – Istanbulga qaytişga qaror qilgan. Samolyot Toşkent vaqti bilan soat 17:50 da aeroportga xavfsiz qöngan.

Uzbekistan Airways xabariga köra, samolyot havoga kötarilganidan söng, uçişdan 1 soat ötib, 350-eşelon balandligida salon va kabinadagi bosimning beqarorligi haqida signalizatsiya tizimi işga tuşgan. Parvoz xavfsizligini ta’minlaş maqsadida, havo kemasi komandiri samolyotni jönaş aeroportiga qaytariş töğrisida qaror qabul qilgan.

Ta’kidlanişiça, aviakompaniyaning texnik xizmatlari havo kemasini Toşkentdagi bazaga qaytariş böyiça zarur çoralarni körmoqda.

Qayd qilinişiça, uşbu reys yölovçilari kutiş davrida mehmonxonaga joylaştiriladi va zaxira havo kemasi orqali 29 iyul kuni Toşkentga yetkaziladi.