Qirğiziston mamlakatga xalqaro internet-trafikni yetkazib beriş va taqdim etiş, şuningdek, u orqali xalqaro tranzit trafigini ötkaziş böyiça yillik davlat monopoliyasini joriy qildi. Tegişli farmonni 28 iyul, duşanba kuni Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov imzoladi, deyiladi uning rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda. Davlat monopoliyasining «sinov rejimi» 2025 yil 15 avgustdan 2026 yil 14 avgustgaça amal qiladi.
Mahalliy OAVning ta’kidlaşiça, bir neça oy oldin milliylaştirilgan «ElKat» kompaniyasiga internet-trafikni yetkazib beriş, ta’minlaş va tranzit qiliş yuklangan. Aloqa va ma’lumotlarni uzatiş operatorlariga ikki oy içida barça amaldagi şartnomalarni «ElKat»ga ötkaziş buyuriladi.
Qirğiziston prezidentining saytidagi xabarda aytilişiça, tegişli qaror «doimiy texnologik özgarişlar»ni hisobga olgan holda «samarali boşqaruvni taşkil etiş» va «raqamli transformatsiyani yanada takomillaştiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş» maqsadida qabul qilingan.
21 iyuldan Qirğizistonda Huquqbuzarliklar kodeksiga ommaviy axborot vositalari va internetda notöğri yoki yolğon ma’lumot tarqatganlik uçun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvçi özgartirişlar kuçga kirdi. Ularga köra, jismoniy şaxslar uçun 20 ming som (taxminan 200 yevro), yuridik şaxslar uçun 65 ming som (taxminan 640 yevro) miqdorida jarima belgilandi. Huquqbuzarliklar töğrisida bayonnomalar içki işlar organlari tomonidan tuziladi va sudlar tomonidan körib çiqiladi.












