AQŞ prezidenti Donald Tramp farmonni imzoladi, unga köra Braziliyadan tovar va xizmatlar importi böyiça bojlar 40 foizga — 50 foizgaça oşiriladi. Bu haqda 30 iyul, çorşanba kuni Oq uy xabar berdi.
«Braziliyadan AQŞ bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlarga qonun hujjatlariga muvofiq, 40 foiz miqdorida qöşimça advalor (bojxona narxidan foiz sifatida belgilangan) bojlari qöyiladi», — deyiladi hujjatda.
Aprel oyining boşidan buyon Qöşma Ştatlar Braziliyadan import qilinadigan mahsulotlarga 10 foizlik boj undiryapti.
Tariflarni oşiriş qarori, xususan, Oq uyning fikriça, Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaruning «siyosiy ta’qib qilinişi» munosabati bilan qabul qilingan. Tramp ma’muriyatiga köra, bu Braziliyada «qonun ustuvorligini qasddan buziş», «siyosiy sabablarga köra qörqitiş» va «inson huquqlarini buziş»dir.
Xususan, apelsin şarbati, fuqaro aviatsiyasi samolyotlari va ular uçun ehtiyot qismlar, şuningdek, öğitlar sanksiyalardan olib taşlandi, deya ta’kidladi AFP agentligi.













