Avstriya jinoyat politsiyasi mamlakatda bankomatlarni şov-şuvli ravişda talon-toroj qilişda gumonlanayotgan 14 nafar şaxs hibsga olingani haqida xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 2025 yil boşidan buyon mamlakatda talonçilik maqsadida 26 ta bankomat portlatilgan.
Hibsga olinganlarning aksariyati kelib çiqişi marokaşlik bölgan Niderlandiya fuqarolaridir. Uşbu iş böyiça jami 33 kişiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Avstriya va Niderlandiya politsiyasi ikkala mamlakatda ham 12 ta obektda tintuv ötkazdi. 16 ta skuter, 50 dan ortiq mobil telefon, 400-500 gr portlovçi modda, giyohvand moddalar, 39 ming yevro naqd pul musodara qilindi.

Sönggi yillarda Germaniya va Avstriyada portlatiş orqali bankomatlarni öğirlaş keng tarqalgan hodisaga aylandi. Jinoyatçilar guruhi tunda, odatda öğirlangan avtomobilda bankomat oldiga keladi, uni portlatib, pullarni ömaradi.
Qayd qilinişiça, Germaniyada 2022 yilda 442 ta, 2023 yilda esa 367 ta bankomat portlatilgan. Ötgan yili Germaniya IIV bankomatlarni ömarişda portlovçi moddalardan foydalanganlik uçun jazoni kuçaytiriş niyatida ekanini ma’lum qilgandi.












