Qirğizistonda 1 sentabrdan boşlab inspektorlar haydovçilarni yölda töxtatgan joyida yöl harakati qoidalari (YHQ) böyiça bilimini tekşiradi. Mamlakat içki işlar vazirligi tekşiriş ötkaziladigan qoidabuzarliklar röyxatini tasdiqladi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati rahbari Boyqozi Aytiqul uulu brifingda ma’lum qildi, deb xabar berdi Akipress.

Haydovçilar quyidagi qoidabuzarliklar uçun töxtatiladi va yöl harakati qoidalarini biliş darajasi tezkor tekşiriladi:

- texnik nosoz transport vositasini boşqariş;

- yaşirin yoki öqilmaydigan raqam belgilaridan foydalaniş;

- militsiya xodimlarining talablariga böysunmaslik;

- belgilangan harakat tezligini oşiriş;

- svetoforning qizil çiroğida harakatlaniş;

- avtobezorilik;

- transport vositasini boşqarişni mast holdagi şaxsga topşiriş;

- qarama-qarşi harakatlaniş bölagiga çiqiş;

- oynalarni noqonuniy qoraytiriş va maxsus signallar (migalkalar) örnatiş;

- yirik gabaritli transport vositalari haydovçilarining qoidabuzarligi.

Qirğiziston Içki işlar vazirligi vakilining tuşuntirişiça, körsatilgan qoidabuzarliklardan biri sodir etilgan taqdirda, haydovçilik guvohnomasi vaqtinça olib qöyiladi, qoidabuzar esa, agar u qoidalar böyiça bilimini joyida isbotlamasa, YHQ böyiça nazariy imtihonni qayta topşirişga yuboriladi. Bunda guvohnoma bekor qilinmaydi - uni imtihon muvaffaqiyatli topşirilganidan keyin istalgan vaqtda qaytarib oliş mumkin böladi.

Avvalroq, imtihonni qayta topşiriş narxlari ham e’lon qilingan edi: birinçi uriniş - 500 qirğiz sömi (6 dollar), ikkinçisi - 1000 qirğiz sömi (11,5 dollar), uçinçisi - 2000 qirğiz sömi (23 dollar), törtinçisi - 4000 qirğiz sömi (46,5 dollar). Bunda imtihon jarayoni videoga olinadi.

Qayd qilinişiça, bunday çoraning joriy etilişi sababi şundaki, köplab haydovçilar qoidalarni örganmasdan guvohnoma olgan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2020 yilgaça haydovçilarning atigi 20-30 foizi imtihonlarni halol topşirgan, köp hollarda haydovçilik guvohnomalari 15-20 ming qirğiz sömiga (175-233 dollar) sotib olingan.