AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Moskvaga uçib keldi va Putin bilan uçraşdi – bu Donald Trampning Ukrainadagi sulh böyiça ultimatumi muddati tugaşiga ikki kun qolganida röy berdi. Bir kun avval Ğarb naşrlari Putin hamon uruşni davom ettirişni istayotgani, biroq Tramp bilan munosabatlarni butunlay buzişni istamayotgani haqida xabar bergandi. Moskva Uitkoffga murosa sifatida nima taklif qilişi mumkin?
Uitkoffning samolyoti çorşanba kuni erta tongda «Vnukovo» aeroportiga qöndi. Oradan bir soat ötib, TASS davlat agentligi Trampning maxsus vakili Rossiya töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi rahbari, Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev bilan Moskvadagi «Zaryade» boğida sayr qilayotgani aks etgan kadrlarni e’lon qildi.
Bu Amerika prezidenti maxsus vakilining Moskvaga beşinçi taşrifi. U sönggi bor aprel oyi oxirida kelib, Vladimir Putin bilan uçraşgandi.
Uitkoffning Rossiya poytaxtiga bugungi taşrifi Donald Trampning Rossiyaga qöygan ultimatumi fonida bölib ötmoqda. Ötgan oy oxirida Ukrainadagi uruşni hal qilişda oldinga siljiş yöqligidan hafsalasi pir bölgan Oq uy rahbari Rossiyaga yaraşuvga erişiş uçun 50 kun bergan, keyinroq bu muddatni 10 kunga qisqartirgandi. Uşbu ultimatum muddati 8 avgust, juma kuni tugaydi.
Tramp agar şu sanagaça tinçlik jarayonida oldinga siljişni körmasa, Rossiya va uning savdo hamkorlariga nisbatan yangi sanksiyalar va bojlar bilan tahdid qildi.
5 avgust kuni tuşdan keyin AQŞ prezidenti Amerikaning CNBC telekanaliga bergan intervyusida Hindiston Rossiya neftini sotib olişda davom etayotganini hisobga olib, yaqin 24 soat içida Hindistondan import bojini hozirgi 25 foizdan sezilarli darajada oşirişga va’da berdi.
Biroq, şundan söng Tramp Uitkoffning Moskvadagi muzokaralari yakunlari böyiça Rossiyaga nisbatan keyingi harakatlar töğrisida qaror qabul qilişini ma’lum qildi. «Ertaga bizda Rossiya bilan uçraşuv bor. Köramiz, nima bölarkin», – deya qöşimça qildi u.
Financial Times manbalariga köra, Oq uy Rossiyaning «yaşirin floti»ga qarşi sanksiyalar kiritişi mumkin. AQŞning avvalgi prezidenti Jo Bayden ma’muriyati 213 ta sudga qarşi sanksiyalar kiritdi, ammo Tramp hozirça bu röyxatni kengaytirmadi.
«Bu Uitkoffning nima bilan qaytişiga boğliq böladi. Agar Uitkoff quruq qöl bilan kelsa, Tramp darğazab böladi», – dedi Financial Times suhbatdoşi.
«Prezident agar Putin uruşni töxtatişga rozi bölmasa, uni qattiq sanksiyalar kutayotganini aniq aytdi. Biz tafsilotlar haqida gapirişda prezidentdan oldinga ötib ketmaymiz», – deya vaziyatga izoh berdi Oq uy matbuot kotibi örinbosari Anna Kelli.
Rossiya nima taklif etişi mumkin?
Putin va uning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ommaviy ritorikasi Tramp ultimatum e’lon qilganidan beri umuman özgarmadi. Kreml hamon «mojaro sabablarini bartaraf etiş»ni talab qilmoqda.
Bundan taşqari, Reuters’ning Kremldagi muhokamalardan xabardor uç manbasiga köra, Putin AQŞning navbatdagi sanksiyalari Rossiyaga qarşi joriy etilgan bir qator iqtisodiy çeklovlardan keyin uning iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir körsatişi mumkinligiga şubha bilan qaramoqda.
Rossiya yetakçisi Trampni ğazablantirmoqçi emas va u Vaşington va Ğarb bilan munosabatlarni yaxşilaş imkoniyatini qöldan boy berayotganini tuşunadi, ammo uning harbiy maqsadlari muhimroq, dedi agentlikning ikki manbasi.
Kreml Uitkoffdan Trampning yangi sanksiyalaridan qoçiş uçun sönggi umidsiz uriniş sifatida Moskvaga kelişni söradi, deb yozadi CNN. Bu taşrif Tramp bilan kelişuvga erişiş uçun sönggi imkoniyatdir, ammo muvaffaqiyatga umid yöq, deb yozdi Bloomberg.
Uşbu muzokaralarda Moskvaning ehtimoliy takliflaridan biri havoda sulh tuziş bölişi mumkin – lekin yerda emas, agar Ukraina ham bunga rozi bölsa, dedi agentlikka xabardor manbalardan biri.
Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga dron hujumlari fonida bunday moratoriy Rossiya uçun juda «öz vaqtida» bölar edi, deya ta’kidlaydi The Bell naşri.













