Polşa boş vaziri Donald Tusk Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan suhbatdan söng şunday dedi: «Muayyan signallar bor va menda şunday hissiyot borki, mojaroning muzlatilişi – men uruş tugaşi haqida gapirmayapman, faqat mojaroning muzlatilişi – keyinroq emas, balki ertaroq sodir bölişi mumkin».

Tuskning sözlariga köra, Zelenskiy suhbat çoğida «juda ehtiyotkor, lekin baribir optimist» bölgan. Polşa hukumati rahbari qöşimça qilişiça, Ukraina bölğusi kelişuvda Yevropa davlatlari iştirok etişidan manfaatdor. Zelenskiy özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Tusk bilan suhbatlaşgani haqida yozdi, biroq heç qanday tafsilotlarni oşkor qilmadi.

7 avgust kuni Ukraina prezidenti Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va Yevropaning boşqa yetakçilari bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular suhbat yakunlari böyiça ijtimoiy tarmoqlar yoki matbuot xizmatlari orqali qisqaça izohlar bilan çeklangan – ularda Yevropadagilar Ukrainani töliq qöllab-quvvatlaşda davom etişi hamda Donald Trampning vositaçilik harakatlarini qadrlaşi aytiladi. Yevroittifoqning taşqi işlar böyiça komissari Anitta Hipper esa şunday degan: «Rossiya qandaydir tinçlikdan manfaatdor emasligi yaqqol körinib turibdi».

Tramp 6 avgust kuni Yevropa yetakçilariga qönğiroq qilib, ularga özining maxsus vakili Stiven Uitkoffning Moskvaga safari yakunlari haqida gapirib bergandi. Bugun The Washington Post gazetasi Yevropadagi yuqori martabali amaldorga tayanib, Trampning Vladimir Putin bilan uçraşuvi tayyorlanayotganidan xabar topgaç, Yevropa «sarosimaga tuşgani» haqida yozdi. «Şunça maqtançoqlikdan keyin Tramp Putinga zarraça bosim ötkazmadi. Hozirça şunday. Nol, heç narsa», – degan naşr suhbatdoşi.

Şu bilan birga, Ukrainadagi yuqori martabali mulozimlardan biri anonim tarzda ança optimistlik bilan fikr bildirgan. Uning sözlariga köra, agar birinçi qadam sifatida quruqlikdagi sulhsiz, havo hujumlarini töxtatişga erişilişining özi ham «yaxşi natija bölardi». Şu bilan birga, havo hujumlarini töxtatiş haqidagi gaplar Rossiyaning faqat Trampni tinçlantirişga qaratilgan taktikasi bölişi mumkinligini tan olgan. «Biz barça nodavlat kanallar orqali Rossiya kelişuvga intilayotgani haqida signallar eşitmoqdamiz. Biroq, tomonlar örtasidagi işonçga butunlay putur yetib bölgan», – deydi The Washington Post naşrining ukrainalik suhbatdoşi.