Özbekistonning Fiji Respublikasidagi elçisi etib tayinlangan Muhsinxöja Abdurahmonov uşbu mamlakat prezidenti Ratu Naykama Tavakekolati Lalabalavuga işonç yorliqlarini topşirdi. Elçining qarorgohi Tokio şahrida joylaşgan.
Rasmiy tadbirdan söng bölib ötgan suhbat davomida Özbekiston va Fiji örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm kabi yönalişlardagi aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.
Prezident Naykama Lalabalavu ikki mamlakat geografik jihatdan uzoqda joylaşgan bölsa-da, ularni özaro hurmat, konstruktiv muloqot va umumiy qadriyatlarga asoslangan döstona aloqalar boğlab turişini ta’kidladi.

Ikki mamlakat örtasidagi diplomatik aloqalar tarixida ilk marotaba Özbekistonning Fijidagi elçisining tayinlanişi Fiji tomoni uçun ham muhim tarixiy voqeaga aylangani qayd etildi.
Özbekiston va Fiji örtasida diplomatik munosabatlar 2010 yil 16 iyun kuni örnatilgan.
Eslatib ötamiz, Muhsinxöja Abdurahmonov 2021 yil 27 sentabr kuni Yaponiya imperatori Naruxitoga Özbekiston elçisi sifatidagi işonç yorliqlarini topşirgan edi.












