Vaşington boş prokurori Brayan Şvalb prezident Donald Trampning poytaxt politsiyasini federal nazorat ostiga oliş qarori sababli sudga murojaat qilişini aytdi.
"Biz federal hukumatning Kolumbiya okrugi politsiyasini nazoratga oliş qaroriga qarşi sudga murojaat qilamiz. Ma’muriyat poytaxt politsiyasini nazoratga olişini noqonuniy ravişda e’lon qilib qonunan berilgan vakolatlarini suiiste’mol qilyapti", - deb yozdi u özining X tarmoğidagi sahifasida.
Duşanba kuni Tramp federal hukumat tomonidan Vaşingtonda jinoyatçilikka qarşi kuraşişga qaratilgan qator çoralarni e’lon qildi.
U öz farmoni bilan Vaşington politsiyasini töğridan-töğri AQŞ federal hukumati nazorati ostiga ötkazdi.











