Majburiy ijro byurosining (MIB) Toşkent şahri, Uçtepa tumani bölimida erkak farzandlari uçun 2,4 mlrd söm miqdoridagi alimentni oldindan töladi. Bu aliment miqdori böyiça rekord hisoblanadi, deb xabar berdi MIB.
Qayd qilinişiça, sud buyruğiga asosan qarzdor Ş.J. dan undiruvçi Ş.D. foydasiga voyaga yetmagan 4 nafar farzandi ta’minoti uçun daromadlarining yarmi miqdorida aliment undiriş haqidagi ijro hujjati MIB Uçtepa tumani bölimiga kelib tuşgan.
Şuningdek, qarzdorning nomiga rasmiylaştirilgan mol-mulklarni aniqlaş maqsadida vakolatli organlarga sörovnomalar yuborilgan hamda olingan javob xatlarga köra, qarzdorning nomiga rasmiylaştirilgan mol-mulk aniqlanmagan.
Ötkazilgan ijro harakatlar davomida, qarzdor Ş.J. voyaga yetmagan 4 nafar farzandi ta’minoti uçun to ular voyaga yetguniga qadar tölanadigan aliment miqdorini hisoblab berişni söragan. Hisob-kitoblardan söng, 16 yillik aliment miqdori 2 mlrd 442 mln söm ekani aniqlangan.
Ta’kidlanişiça, qarzdor Ş.J. aliment pullarini undiruvçi Ş.D. ga uy körinişida bergan. Şundan söng, undiruvçining roziligiga asosan ijro hujjati amalda tamomlangan.
Avvalroq, nukuslik erkak 2 mlrd 270 mln söm alimentni oldindan tölab, rekord örnatgan edi.












