Yevropa yetakçilari Italiya boş vaziri Jorja Meloni taşabbusi bilan işlab çiqilgan Ukraina uçun yangi xavfsizlik mexanizmini muhokama qilmoqda. Rejaga köra, Kiyevning ittifoqçilari Rossiya tomonidan tajovuz qayta boşlangan taqdirda Ukrainani harbiy yoki iqtisodiy qöllab-quvvatlaş töğrisida 24 soat içida qaror qabul qiliş majburiyatini oladi, deb yozdi Bloomberg.
Taklif Alyansning kollektiv mudofaa tamoyilini eslatgani, biroq Ukrainaning NATOga haqiqiy a’zoligini nazarda tutmagani uçun «yengilroq NATO» deb nomlangan. Meloni rejasiga köra, Kiyev bilan ikki tomonlama şartnoma imzolagan davlatlar yangi hujum sodir bölgan taqdirda öz harakatlarini zudlik bilan muvofiqlaştirişi kerak.
Manbalarga köra, gap Ukrainaga tezkor mudofaa yordami, moliyaviy yordam, Qurolli kuçlarni mustahkamlaş va Rossiyaga qarşi sanksiyalar haqida ketmoqda. Rejaga qöşinlarni töğridan-töğri Ukraina hududiga yuboriş kiradimi yoki yöqmi, hozirça noma’lum.
Ğoya AQŞ prezidenti Donald Tramp, Volodimir Zelenskiy va Yevropa yetakçilarining Vaşingtondagi uçraşuvi fonida yangradi. Muzokaralardan söng Tramp AQŞ xavfsizlik kafolatlarini ta’minlaşga tayyorligini tasdiqladi, biroq Ukrainaga amerikalik askarlarni yuborişni istisno qilib, buning örniga havo yordami körsatilişi mumkinligini ma’lum qildi.
Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto yakuniy format hali ham muhokama qilinayotganini ta’kidladi: «Yoki NATO Ukrainani himoya qilişi mumkin, yoki alohida davlatlar bunday majburiyatlarni öz zimmasiga oladi. Eng yaxşi mexanizm vaqt ötişi bilan tanlanadi».
Melonining ta’kidlaşiça, taşabbus «NATOning 5-moddasi modeli» bölib, hozirgi şaroitlarga moslaştirilgan. Uning ta’kidlaşiça, Rim Kiyevni qöllab-quvvatlaşda birdamlikni saqlab, AQŞ va Yevropa örtasida «köprik» bölişga intilmoqda.












