Xitoy taşqi işlar vaziri Van I Kobulga taşrifi davomida Xitoy Afğoniston bilan hamkorlik sohalarini kengaytirişdan manfaatdor ekanligini aytdi.

Xabar qilinişiça, Van I Xitoy Afğonistonda geologiya-razvedka va qazilmalar qazib olişda hamkorlik qilişga qiziqayotganligini bildirdi.

Kobulda Van I va Afğoniston taşqi işlar vaziri Amir Xon Muttaqiy örtasida ötkazilgan muzokaralarda tomonlar Kobul va Pekin turli sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş istagida ekanligini qayd etgan. Xususan, Kobulga Xitoyning “Bir kamar, bir yöl” loyihasiga rasman qöşiliş taklifi haqida söz borgan.

South China Morning Post naşrining yozişiça, Van I Afğonistonga uç kunlik taşrif bilan kelgan.