Germaniyadagi ukrainaliklar köproq işlaşi kerak, dedi Bavariya boş vaziri va Germaniyadagi hukmron koalitsiya tarkibiga kiruvçi Xristian-sotsial ittifoq (XSI) raisi Markus Zyoder 24 avgust, yakşanba kuni ARD telekanalidagi «Yozgi intervyu»da.

U Germaniyada, jumladan, ukrainalik qoçqinlar uçun ham «işlaş uçun imtiyozlarni» oşirişga çaqirdi. "Mavjud tizim Germaniyada boşqa mamlakatlarga qaraganda, ukrainaliklar yaxşi ma’lumotga ega bölsa-da, işlayotganlari ança kam ekanligini bildiradi. Bu ular va dunyoning boşqa qismlaridan kelgan odamlar örtasidagi katta farq. Germaniyada qilayotgan işimiz haqiqatdan ham bema’nilik. Bizda yaxşi öqimişli odamlar bor, lekin biz ularni işlamasligi uçun rağbatlar yaratamiz. Buni faqat Germaniya qilyapti. Yevropada buni heç kim tuşunmaydi", dedi Zyoder.

Keyinçalik uning aniqlik kiritişiça, köplab ukrainaliklar allaqaçon Germaniyada işlayapti. «Ammo ular köproq narsani qilişi mumkin edi», deya qöşimça qildi Bavariya boş vaziri.