“Özbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan V oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonga köra, mobil videokameradan foydalanmasdan ötkazilgan tekşiruvlar noqonuniy hisoblanadi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining soliq auditi natijalari böyiça moliyaviy sanksiyalarni 6 oy içida teng uluşlarda tölaş huquqi sayyor soliq tekşiruvi natijalari böyiça moliyaviy sanksiyalarga ham tatbiq etiladi.
2025 yil 1 avgust holatiga Soliq xavfini aniqlaş, tahlil qiliş va baholaş” tizimi orqali soliq tekşiruvlariga nomzod sifatida şakllangan va soliq xavfi 16 trillion söm bölgan 20 mingdan ortiq sub’yektga soliqqa oid huquqbuzarliklar alomatlarini ixtiyoriy bartaraf etiş imkoni berilgan holda, uşbu röyxat 1 noyabr holatiga qaytadan şakllantiriladi.












