Tramplar oilasi kriptovalutalar bozoriga çuqurroq kirib borişda davom etmoqda. Xususan, AQŞ prezidentining öğli Erik Tramp 1 sentabr kuni Tokioda ötkaziladigan Metaplanet aksiyadorlari yiğilişida bevosita qatnaşişi kutilmoqda, deya xabar beradi Bloomberg.

Metaplanet – dastlab mehmonxona operatori bölgan, lekin ötgan yildan boşlab faoliyatini Bitcoin jamğarişga yönaltirgan. Kompaniya şu vaqtga qadar 2,1 milliard dollardan ortiq kriptovaluta töplagan. Mart oyida esa Erik Trampni strategik maslahatçi sifatida tayinlagan.

Bloomberg xabaridan keyin Metaplanet aksiyalari Tokio birjasida 2,1 foizgaça kötarildi. Kompaniya qimmatli qoğozlari sönggi 12 oyda 800 foizga oşgan bölsa-da, iyunda eng yuqori darajadan ikki barobardan köproqqa tuşib ketgandi. Aksiyadorlar yiğilişida yangi kapital jalb qiliş yöllari muhokama qilinadi.

Erik Tramp avgust oxirida Honkongda bölib ötadigan Bitcoin Asia konferensiyasida ham iştirok etadi.

Avvalroq Las-Vegasda joylaşgan, unça nomi çiqmagan bir kompaniya Tramplar oilasiga tegişli World Liberty Financial tokenlariga 1,5 mlrd dollar tikişini e’lon qilgandi. Şuningdek, Truth Social ijtimoiy tarmoğining egasi – Trump Media & Technology Group korporatsiyasi Bitcoin sotib oliş uçun yil boşida 2 mlrd dollardan ortiq mablağ jalb qilgandi.

Financial Times'ga köra, Tramplar oilasi tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan American Bitcoin kompaniyasi Osiyoda yangi aktivlar sotib oliş imkoniyatlarini ham örganmoqda. Kompaniya Yaponiyada yoki Honkongda röyxatdan ötgan biror kompaniyani xarid qiliş ehtimoli ham mavjud.

Yaponiyada kripto bozoriga qiziqiş ortib boryapti. Avgust oyida mamlakat moliya regulyatori iyena asosidagi ilk stablecoin çiqarilişiga ruxsat berdi. 25–26 avgust kunlari Tokioda ötkaziladigan WebX2025 raqamli aktivlar forumida moliya vaziri Katsunobu Kato ham iştirok etişi kutilmoqda.