Toşkentda futbol böyiça «CAFA Nations Cup-2025» musobaqasi boşlandi.
Özbekiston milliy jamoasi 30 avgust kuni dastlabki öyinni yangi barpo etilgan «Olimpiya» stadionida ötkazdi. Ömonga qarşi öyin 1:1 hisobida tugadi. 4-daqiqada Ar-Rahvoniy hisobni oçgan bölsa, 55-daqiqada Hojimat Erkinov javob golini urdi.
Guruhning yana bir öyinida Qirğiziston va Turkmaniston milliy jamoalari ham xuddi şunday hisobni qayd etdi.
«CAFA Nations Cup-2025» musobaqasida 8 ta milliy jamoa iştirok etmoqda. Öyinlar Toşkent va Duşanbe şaharlarida ötkazilyapti.
Tojikistondagi guruhda mezbonlar bilan birga Eron, Afğoniston va Hindiston ham iştirok etyapti.
Özbekiston milliy jamoasi navbatdagi öyinlarni 2 sentabr kuni Turkmanistonga, 5 sentabr kuni Qirğizistonga qarşi ötkazadi.
Guruhda 1-örinni egallagan jamoalar 8 sentabr kuni finalda töqnaş keladi.












