2025 yil 1 iyul holatiga köra, Özbekistonning doimiy aholisi 37,9 million kişini taşkil etmoqda.

Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, ulardan 12,2 million kişi (32,2 foiz) mehnatga layoqatli yoşdan kiçik, 21,2 million kişi (56 foiz) mehnatga layoqatli yoşda va 4,5 million kişi (11,8 foiz) mehnatga layoqatli yoşdan kattadir.

Ekspertlarning ta’kidlaşiça, mehnatga layoqatli aholining yuqori uluşi mamlakat uçun "demografik bonus" bölib, iqtisodiyotni yanada rivojlantiriş va Özbekistonda keng kölamli islohotlarni amalga oşiriş uçun muhim manba hisoblanadi.