Kema Kanar orollaridan 426 km uzoqlikda halokatga uçragan. Daily Mail’ning yozişiça, Ispaniya qirğoq qöriqlaş xizmati 251 kişini qutqargan. Safarga çiqqanlardan 70 ga yaqini halok bölgan, ularni hamrohlari jodugarlik va suv öğirlaşda ayblab öldirgan bölişi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Qutqarilgan migrantlar yölovçilarning bir qismi suvsizlik va oçlikdan halok bölganini, boşqalari esa suvsizlaniş ortidan alahsirab özini bortdan taşlaganini aytgan. Ba’zi guvohlar qotilliklarni ham tasdiqlagan. OkDiario manbalariga köra, bir neça yoş yölovçi bortdagilardan qutulişga qaror qilib, avvaliga ularni mayda öğrilik yoki suv zaxiralarini tugaşida ayblagan. Bu iş bermagaç, ularni jodugarlikda ayblab öldirişgan. Guvohlarning aytişiça, ba’zilarini otib taşlaşgan, boşqalarini esa bortdan uloqtirişgan.

Ispaniya politsiyasi holat yuzasidan tergov boşlagan. 2 sentabr kuni “mazkur voqealarga aloqador” bir neça kişi hibsga olingan.