Qirğizistonning Öş şahri hokimi Jyenişbek Toktorbayevning şaharliklar bilan uçraşuvi çoğida kiçkina qizça unga murojaat qilib, onasini işga joylaştirişga yordam berişini söradi.
Voqea videoga olinib, tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Foydalanuvçilar bolaning samimiyligidan ta’sirlanib, uning iltimosini qöllab-quvvatladilar.
Hokim qizçani diqqat bilan tingladi, keyin onasini çaqirişni söradi. Yordam körsatilgan yoki körsatilmagani hozirça noma’lum, ammo voqea jamoatçilik orasida qizğin muhokamalarga sabab böldi.
Avvalroq, öşlik ayol şahar hokimi Jyenişbek Toktorbayevdan kvartira söragan edi. Ayolning aytişiça, uning uç nafar farzandi va turmuş örtoği bor. Ammo oila xaroba uyda yaşamoqda. «Biz yordamingizga muhtojmiz. Heç bölmasa bir xonali kvartira berişingizni sörayman», dedi u Toktorbayevga yuzlanib. Hokim oilani boşqa joyga köçirişlarini aytdi.












