Ijtimoiy tarmoqlarda Uzun tumanida ayol va çaqaloğiga nisbatan tazyiq ötkazilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat Surxondaryo viloyati IIB tomonidan örganib çiqildi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 26 avgust kuni IIBga Uzun tumanidagi mahallalarning birida noma’lum ayol kişi antisanitariya holatida xonadon egalari tomonidan molxonada majburiy uşlab turilganligi haqida xabar kelib tuşgan. Unga asosan mahalla profilaktika inspektori zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va xonadon egalarining qarşiligiga qaramasdan molxona eşigini buzib kirgan. Molxonada 44 yoşli xonadon egasi Ş.A. 28 yoşli turmuş örtoği X.G. va uning 5 oylik çaqaloğini oğir şaroitda majburlab saqlab kelayotgani aniqlangan. Jabrlanuvçilar zudlik bilan tibbiyot muassasasiga joylaştirilgan.
Holat örganilganda, Ş.A. şu xonadonda yaşovçi onasi va yaqin qarindoşlari bilan til biriktirib, turmuş örtoği X.G.ni bir neça oy davomida tazyiq va zöravonlik işlatgan holda majburiy ravişda xonadondagi molxonada yaşirin saqlab kelgani aniqlangan. Ular ayolning ruhiy holatida özgarişlar borligidan (tilida nuqsoni borligi, fikrlarini töliq bayon qilişga qiynalişi) foydalangan.
Hozirda jabrlanuvçi X.G. Uzun tumani tibbiyot birlaşmasi jarrohlik bölimiga, farzandi esa tuğuruq bölimiga joylaştirilgan. Ularning soğliği bilan boğliq vaziyat viloyat ijtimoiy himoya boşqarmasi mas’ullari tomonidan alohida nazoratga olingan.
Holat yuzasidan Uzun tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (Oilaviy (maişiy) zöravonlik) 7-qismi “a, ye”, bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçilar Ş.A. va uning işga aloqador bölgan uç nafar yaqin qarindoşi protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Şuningdek, jinoyat işi Surxondaryo viloyati IIB tomonidan qat’iy nazoratga olingan bölib, iş yuzasidan barça tegişli sud-tibbiyot ekspertizalari tayinlangan.












