Markaziy bank doimiy ravişda ölçovli oltin quymalarining narxlarini yangilab boradi. 4 sentabrda e’lon qilingan kotirovkalarga köra, 5 grammli oltin quymasining narxi 7 mln 275 ming sömni taşkil qildi. Oltin quymalari narxi bir hafta içida 5 foizga qimmatladi.

Kun.uz hisob-kitoblariga köra, 2025 yil boşidan beri oltin quymalar qariyb 29 foizga qimmatlagan. Yanvarda 5,65 mln söm bölgan 5 gramlik quymaning qiymati sentabr oyiga kelib 7,27 mln sömga yetdi.

Avgustda oltin narxi biroz pasayib, 7,03 mln sömni taşkil qilgan bölsa, sentabrda u yana ösib, 7,27 mln sömga çiqdi. Oxirgi bir oyda 3,4 foizlik ösiş kuzatildi.

Oltin narxining yil boşidan beri keskin kötarilişi global bozorlar bilan bevosita boğliq. Fevral–may oylarida jahon miqyosida geosiyosiy tangliklar va AQŞ federal rezerv siyosati tufayli oltin keskin qimmatlaşdi.

Iyulda esa qisqa muddatli pasayiş kuzatildi. Avgust–sentabrda narx yana tiklanib, bu davrda 3,4 foiz ösiş qayd etildi. Tahlilçilar fikriça, bunday tendensiya mavsumiy talab (ayniqsa Osiyo bozorida kuzgi töy mavsumi) va global iqtisodiy noaniqliklar bilan izohlanadi.

Özbekiston içki bozorida oltin narxi xalqaro kotirovkalarga boğliq bölib, yil boşidan buyon kuzatilgan 29 foizlik ösiş oltinning inflatsiyaga qarşi “xavfsiz aktiv” sifatida qadrini oşirayotganini körsatmoqda.

Ötgan yilning mos davriga nisbatan (2024 yil sentabridan 2025 yil sentabrigaça) 5 grammli oltin narxi 39 foizga oşgan.

Oltinning spot narxi seşanba kuni ertalab bir unsiya uçun 3,508,50 dollarni taşkil etdi va bu yil deyarli uçdan biriga oşgan ösiş tendensiyasini davom ettirdi.

Qimmatbaho metall iqtisodiy noaniqlik davrida sarmoyadorlar uçun xavfsizroq pul tikiş hisoblanadi. Yil boşida AQŞ prezidenti Donald Tramp global savdoga putur yetkazadigan keng qamrovli tariflarni e’lon qilişi narx oşişiga jiddiy turtki berdi.

Tahlilçilarning ta’kidlaşiça, narxlarning oşişiga AQŞ markaziy bankining asosiy foiz stavkalarini pasaytirib, oltinni sarmoyadorlar uçun yanada jozibador qilişini kutiş ham sabab bölgan.