Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2026-yil yanvar–iyun oylarida 1,51 mln troy unsiya oltin işlab çiqardi. Bu – bir yil avvalgi 1,54 mln troy unsiyadan biroz kamroq.

Işlab çiqariş qisqargan bölsa-da, oltin narxlari kötarilişi fonida kompaniyaning yarim yillik sof foydasi ötgan yilning mos davridan 57,2 foizga oşib, 2,38 mlrd dollarga yetgan. Bu haqda Kun.uz'ga kombinat matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, hisobot davrida sof tuşum 49,9 foizga oşib, 7,067 mlrd dollarga yetgan. Operatsion foyda esa yillik hisobda 60,5 foizga oşib, 4,511 mlrd dollarni taşkil etgan.

Moslaştirilgan EBITDA (foizlar, soliqlar, amortizatsiya va eskiriş xarajatlari hisobga olinmasidan oldingi foyda) 4,889 mlrd dollar bölib, bir yil içida 59,8 foizga oşgan. EBITDA marjasi 64,9 foizdan 69,2 foizgaça kötarilgan.

Oltin qazib oliş qimmatlaşgan

Şu bilan birga, NKMKda bir unsiya oltinning işlab çiqariş va qöllab-quvvatlaş böyiça umumiy xarajati (AISC) sezilarli oşgan.

2026-yilning birinçi yarim yilligida AISC 1 647 dollarni taşkil etgan. 2025-yilning şu davrida bu körsatkiç 1 164 dollar edi. Yaʼni xarajatlar 41,5 foizga oşgan.

Kompaniya buni, jumladan, oltin narxining yuqorilaşi ortidan royalti tölovlarining köpayişi, inflyatsiya sabab materiallar qimmatlaşişi hamda “Muruntov” konini rivojlantiriş loyihasi doirasidagi xarajatlarning ortişi bilan izohlagan. Bundan taşqari, sömning dollarga nisbatan mustahkamlanişi AISC körsatkiçining bir unsiya hisobida yana 101 dollarga oşişiga olib kelgan.

NKMK investitsiyalarni ham oşirdi

Hisobot davrida kompaniyaning investitsion faoliyatga yönaltirgan sof mablağlari 543 mln dollarni taşkil qilgan. Bu – ötgan yilning mos davriga nisbatan 31,8 foizga köp. Mablağlar amaldagi konlarda işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş, toğ-kon texnikalari parkini kengaytiriş va yangi resurslarni aniqlaşga qaratilgan geologiya-qidiruv loyihalariga yönaltirilgan.

Kompaniyaning qarz yuklamasi esa kamaygan: sof qarzning moslaştirilgan EBITDAga nisbati 0,5x dan 0,3x gaça tuşgan. 30-iyun holatiga NKMK qarz portfelida 2025-yil mayida London fond birjasida joylaştirilgan 500 mln dollarlik va 2024-yil oktabrida çiqarilgan 1 mlrd dollarlik xalqaro obligatsiyalar mavjud bölgan.