Lionel Messi Argentina milliy jamoasida sönggi uy uçraşuvini ötkazgan bölişi mumkin. Jamoa 5 sentabrga ötar keçasi Buenos-Ayresda JÇ-2026 saralaşi doirasida Venesuelani yirik hisobda (3:0) mağlub etdi. Öyin yakunlanganidan keyin esa afsonaviy futbolçi jahon çempionatiga borişiga közi yetmayotganini aytib intervyu berdi.

Uydagi sönggi saralaş öyini

Argentinadagi «Mas Monumentale» stadionidagi öyin saralaş bosqiçidagi sönggi uy öyini edi — va bu Messi öz vatanida muxlislar bilan xayrlaşiş uçun imkoniyat hisoblanardi. Sektorlardan birida «Hammasi uçun taşakkur, sardor» degan yozuv osiğliq turardi. U çigalyozdi maşğulotlarini boşlaşdan oldin atrofni aylanib çiqdi, bolalarini bağriga bosdi va tribunalarga qaradi, u köz yoşlarini zörğa tiyib turardi.

Öyindan keyin forvard tan oldi: «Bu yerda şunday tugatiş imkoniyatiga ega böliş – bu men doim orzu qilgan narsa, öz odamlarim bilan xayrlaşiş imkoniyatiga ega böliş». Bu ibora TyC Spors efirida yangradi.

Maydonda ham barçasi çiroyli ssenariyda keçdi. Xulian Alvares özi gol urişi mumkin bölgan holatda sardorga pas uzatdi, u esa barçasini qirollarga xos tarzda bajardi – bir muddat pauza uşladi, keyin zarba yölini tösiş uçun gazonga yotgan futbolçilar va darvozabon ustidan töpni oşirib darvozaga yölladi, keyin esa ikkinçi golni urgan Lautaro Martinesga assistentlik qildi, öyin oxirida dublni rasmiylaştirdi – 3:0. U ikkinçi golini urganida terma jamoada saralaş öyinlarida urilgan gollari soni böyiça (36) azaliy raqobatçisi Kriştianu Ronalduga yetib oldi.

U şu kuni het-trik qilişi ham mumkin edi, ammo ofsayd tufayli uning uçinçi goli bekor qilindi. Lekin barçasi şusiz ham çiroyli va juda ta’sirli çiqdi – final huştagidan söng salyut va butun mamlakatning kumiri şarafiga qöşiqlar yangradi.

JÇ-2026 saralaşi yakuniga yana bir tur qolgan. Ammo Leo Ekvadorga qarşi safar öyinida qatnaşmaydi – jamoa muddatidan oldin yöllanma masalasini hal qilgan.

Şu bilan birga, Venesuelaga qarşi öyin Messining milliy jamoadagi sönggi öyini bölib qolişi mumkin. U JÇ-2026 ga borişiga şubha bilan qaraşda davom etmoqda: «Men jahon çempionati haqida oldin ham gapirgandim: men yana bir bor qatnaşaman deb öylamayman... Yoşimni hisobga oladigan bölsak, men u yerda öynamasligim mantiqiy. Ammo biz deyarli maqsadga yetdik, şuning uçun men qattiq hayajondaman va öynaşga iştiyoqmandman.

Doimo aytganman, men bunga kun sayin yaqinlaşaman. Barçasi özimni qanday his qilişimga boğliq. Birinçi navbatda, özimga nisbatan rostgöy bölişim lozim. Özimni yaxşi his qilsam, bu menga yoqadi, ammo buning aksi bölsa, töğrisini aytaman, men bundan zavqlana olmayman. Şu tufayli agar özimni yomon his qiladigan bölsam, maydonga çiqmaslikni afzal köraman. Köramiz. Men hali jahon çempionati borasida bir qarorga kelmadim. Öyindan öyinga mavsum oxiriga qarab boramiz, keyin esa mavsumoldi yiğinida qatnaşaman va yana yarim yil vaqt qoladi. Köramiz, özimni qanday his qilarkanman. Umid qilamanki, men 2026 yilda mavsumoldi yiğinini yaxşi ötkazaman va MLSda mavsumni yaxşi kayfiyatda yakunlayman, şundan keyin bir qarorga kelaman».

Aytiş kerakki, Messidan bunday fikrlar oldin ham yangragan. 2022 yilda u işonç bilan Qatardagi jahon çempionati faoliyatidagi sönggisi bölib qolişini aytib, AQŞga boriş variantini öylab ham köramagandi. Endi esa uning sözlari işonçsiz körinmoqda.

Oqşomdagi hissiyotlar va sözlar

Şu kuni Argentina milliy jamoasi boş murabbiyi Lionel Skaloni köz yoşlarini bazör tiyib ötirdi. Öyindan keyingi matbuot anjumanida esa jurnalistning şu haqdagi savoliga javob qaytara olmadi — zaldagilar uni olqişlaşdi.

«Ha, Leo aytganidek, bu öyin hissiyotlarga boy, öziga xos va yoqimli böladi – axir bu çindan ham Argentinadagi JÇ-2026 saralaş bosqiçidagi sönggi bellaşuvimiz. Biz har doim aytganimizdek, undan zavq olişimiz kerak», – deya qayd etdi Skaloni.

Venesuela bilan öyindagi dubl Messi uçun milliy jamoa safidagi 194 öyinda urilgan 113- va 114-gollar böldi – bu Argentina uçun rekord körsatkiç. U jamoa bilan 2022 yilda jahon çempioni böldi, ikki bor Amerika Kubogi ğolibiga aylandi (2021, 2024), 2022 yilgi Finalissima va 2008 yilgi Olimpiadada ğolibligini qölga kiritgan. «Monumental» stadioni uni saralaşdagi muhim gollariga ham guvoh bölgan: masalan, 2021 yil oktyabrida Urugvay va 2017 yil martida Çili darvozasiga urgan ğalaba gollarini.

U terma jamoadan ketişini hali e’lon qilmagan bölsa-da, bu oqşom muxlislar Leoning Argentinadagi sönggi öyiniga guvoh bölişdi.