Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston suv beriş va elektr energiyasi yetkazib berişni tartibga soluvçi protokollarni imzoladi. Uçraşuv Qirğizistonning Issiqköl sohilida, Çölponotada bölib ötdi, deb xabar berdi Qozoğiston Energetika vazirligi.
Qayd etilişiça, hujjatlarda Qozoğiston va Özbekistondan Qirğizistonga elektr energiyasi yetkazib beriş evaziga Töxtağul suv omboridan suv çiqarilişini ta’minlaş böyiça tomonlarning majburiyatlari belgilangan.
Uçraşuv iştirokçilari, şuningdek, Rossiyadan Qirğizistonga Qozoğiston energetika tizimi orqali elektr energiyasini tranzit qiliş şartlarini kelişib oldi.
Tadbirlar suv omboridagi suv sathini saqlab turiş va kelgusi vegetatsiya davrida Qozoğiston janubiy hududlarini suğoriş suvi bilan uzluksiz ta’minlaşga qaratilgan.












