Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukraina qurolli kuçlarining uzoq masofali zarbalar beriş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan yangi taşabbus boşlanganini e’lon qildi. «Uşbu taşabbus doirasida biz Ukraina kompaniyalari bilan umumiy qiymati 300 million yevroga bir qator şartnomalar tuzmoqdamiz», — dedi u 9 sentabr, seşanba kuni Londonda Ukraina mudofaasi böyiça ("Ramştayn" formati) aloqa guruhi yiğilişida.

Pistoriusning sözlariga köra, şartnomalar Ukrainada işlab çiqarilgan «bir neça ming turli xildagi uzoq masofali uçuvçisiz uçoqlarni» yetkazib berişni nazarda tutadi, ular moslaşuvçan va yetkazib beriş hajmini oşiriş imkoniyatini öz içiga oladi. Vazir barça hamkorlarni uşbu taşabbusga qöşilişga çaqirdi, uning maqsadi Ukrainaning «Rossiya harbiy maşinasini zaiflaştiriş» qobiliyatini kuçaytirişdir.

Uçraşuv davomida Pistorius, şuningdek, Germaniya Ukrainaga Berlin Kiyevga yetkazib berişni va’da qilgan ikkita Patriot zenit-raketa kompleksining birinçi uçiriş moslamalarini topşirganini ma’lum qildi.