Hukumat qarori (570-son, 08.09.2025 y.) bilan “Tibbiyot taşkilotlarida retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlaş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Unga köra, şifokor yoki hamşira bemor haqida kerakli ma’lumotlarni tibbiyot muassasasidagi maxsus kompyuter tizimiga kiritadi. Uşbu ma’lumotlar avtomatik ravişda “Elektron tibbiy karta”ga ötadi. Bemorga dori kerak bölsa, şifokor uni endi qoğozda yozib bermaydi, aynan şu tizim orqali elektron retsept şaklida rasmiylaştiradi.

Elektron retsept davolovçi şifokor tomonidan elektron imzo yoki boşqa usulda tasdiqlanadi va unga avtomatik tarzda QR-kod qöyiladi.

Şundan söng, retseptga oid ma’lumotlar tizimdagi “Elektron retsept” moduliga ötadi. Şifokor özi yozgan dori vositalarining dorixona orqali sotilguniga qadar bölgan barça jarayonni kuzatib borişi mumkin.

Retseptga oid barça ma’lumotlar esa bemorning elektron tibbiy kartasiga avtomatik yoziladi.

Qarorda keltirilişiça, elektron retsept asosida beriladigan dori vositalari Özbekistonda röyxatdan ötgan bölişi kerak.