Albaniya hukumatida vazir lavozimiga tayinlangan sun’iy intellekt - bot Diella parlamentda özining birinçi nutqini sözladi. Sun’iy intellekt vaziri ekranda «hamkasblariga» milliy alban libosidagi ayol qiyofasida köriniş berdi. U özining uç daqiqalik murojaatida deputatlarga mamlakat konstitutsiyasi qoidalarini eslatib, özini maqtadi, deb yozdi AP.
«Konstitutsiyada xalqqa xizmat qiladigan institutlar haqida gap boradi. U xromosomalar, göşt yoki qon haqida gapirmaydi. U mas’uliyat, hisobdorlik, şaffoflik va barça uçun teng şaroitlar haqida gapiradi», dedi sun’iy intellekt vaziri va yiğilganlarni «bunday qadriyatlarni har qanday hamkasb bilan bir xil darajada, balki undan ham köproq darajada» özida mujassamlaştirganiga işontirdi. Diella şuningdek, özining vazifasi odamlarni almaştiriş emas, balki ularga yordam beriş ekanini ta’kidladi.
VIDEO: 🇦🇱 Albania's new AI-generated minister makes first address to parliament
— AFP News Agency (@AFP) September 18, 2025
The world's first AI government minister defended her role as "not here to replace people, but to help them". 'Diella' was appointed by Prime Minister Edi Rama last week pic.twitter.com/2dFh082DLz
Dunyodagi birinçi sun’iy intellekt vazirini ötgan hafta Albaniya boş vaziri Edi Rama taqdim etgan edi. Uning sözlariga köra, alban tilida «quyoş» degan ma’noni anglatuvçi Diella davlat xaridlari uçun javob beradi. Davlat xaridlarining butun sohasi bosqiçma-bosqiç sun’iy intellekt nazoratiga ötkazilişi rejalaştirilgan.












