19 sentabr kuni Livandagi Hizbulloh guruhi Saudiya Arabistonini özi bilan munosabatlarda «yangi sahifa oçişga» çaqirdi. Guruh ötgan nizolarni hal qiladigan hamda kelajak manfaatlarini ta’minlaydigan muloqotni yoqlaşini bildirdi.

Uşbu murojaatni guruhning amaldagi rahbari Naim Qosim 2024 yilda 20 sentabrda Isroil tomonidan Hizbulloh sobiq harbiy qömondoni Ibrohim Aqil va boşqa rahbarlari öldirilganining bir yilligiga bağişlangan telemurojaatda aytib ötdi. Naim Qosim Saudiya Arabistoni bilan muloqot uçun uçta tamoyilni belgiladi:

  • nizolar va xavotirlarni hal qiliş;
  • Isroilni qarşilik emas, balki duşman sifatida tan oliş;
  • Isroilga qarşi turişga e’tibor qaratiş uçun ötgan kelişmovçiliklarni hozirça muzlatib qöyiş.

U butun mintaqa «xavfli buriliş nuqtasida» turganini ogohlantirib, Isroilning Dohada HAMAS rahbariyatiga qarşi uyuştirgan hujumi mintaqaviy kontekstni özgartirib yuborganini aytdi.

«Yumşoq uruş, sanksiyalar va “Ibrohim kelişuvlari“ AQŞ va Isroil kutgan tezkor va hal qiluvçi ğalabani ta’minlay olmadi, şu sabab ular uçun genotsid yeçimga aylandi», deya Qosimning sözlarini keltirmoqda Al-Jazeera. Qosimning ta’kidlaşiça, Isroilning maqsadlari Falastindan taşqari Livan, Iordaniya, Misr, Suriya, Iroq, Saudiya Arabistoni, Yaman va Eronni ham qamrab oladi.

Naim Qosim / Foto: AlManar TV

Şuningdek, Naim Qosim Hizbulloh qurollari «faqat Isroilga qaratilgani, Saudiya Arabistoni yoki dunyoning boşqa heç bir tomoniga emas»ligini urğuladi. Uning ta’kidlaşiça, guruhga bosim ötkaziş «Isroil uçun sof yutuq», Hizbullohning yöqligi esa boşqa arab davlatlarini ham xavf ostiga qöyadi.

Saudiya bilan munosabatlarning yomonlaşuvi

Reutersʼning yozişiça, bu murojaat yillar davomida Riyod va Livan örtasidagi munosabatlarni keskinlaştirgan duşmanlikdan keyin yangradi.

Saudiya Arabistoni va boşqa Fors körfazi davlatlari 2016 yilda şia Hizbullohni terrorçi taşkilot deb belgilagan edi. Saudiya Arabistoni bir paytlar Livanga milliardlab mablağ sarflab, Markaziy bankka depozit qöygan va 2006 yilgi Hizbulloh-Isroil uruşidan keyin janubni qayta qurişga yordam bergan edi. Ammo vaqt ötişi bilan guruh Eron yordami orqali Livan va mintaqada yanada kuçayib bordi.

Saudiya valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon

Munosabatlar 2021 yilda keskin yomonlaşdi: Saudiya Arabistoni Livan elçisini podşohlikdan çiqarib yubordi, öz elçisini çaqirib oldi va Livan mahsulotlarini import qilişni taqiqladi. Saudiya davlat OAVlarida e’lon qilingan bayonotda Hizbulloh Livan davlatining qaror qabul qiliş jarayonlarini nazorat qilayotgani aytilgan edi.

Öşa paytda Hizbullohning sobiq boş kotibi Hasan Nasrulloh esa Saudiya valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmonni «terrorçi» deb atagan va Saudiya Arabistonining Yaman uruşidagi rolini keskin tanqid qilgan edi.

Guruhga bosimlar

Sönggi oylar içida Riyod, Vaşington va Hizbullohning Livandagi raqiblari Livan hukumatiga bosim ötkazib, guruhni qurolsizlantirişga urinmoqda. Hizbulloh esa ötgan yili Isroil bilan bölgan uruşda jiddiy zaiflaşgan edi.

Xususan, AQŞning Turkiyadagi elçisi va Suriya böyiça vakili Tom Barrak şu yil iyun oyida Livandagi barça nodavlat qurolli tuzilmalarni, jumladan Hizbullohni ham, qurolsizlantiriş evaziga Isroilning bosib olingan çegara nuqtasidan çiqib ketişi va qayta quriş uçun mablağlarni yeçib berişni taklif qilgandi.

Tom Barrak / Foto: Anadolu

Anadolu naşrining yozişiça, avgust oyida Livan hukumati barça qurollarni, jumladan Hizbullohni ham, davlat nazoratiga ötkaziş rejasini tasdiqladi. Uşbu rejani 2025 yil oxirigaça amalga oşiriş armiyaga topşirildi. Hukumat 5 sentabrda armiyaning rejasini ma’qulladi, lekin uning mazmunini sir saqlamoqda.

Hizbulloh esa qurolsizlanişni qat’iyan rad etib, guruh Isroil çiqib ketmagunça, hujumlarni töxtatmagunça, mahbuslarni ozod qilmagunça va qayta quriş boşlanmagunça öz qurollarini saqlab qolişini aytib kelmoqda.

Xususan, 19 sentabrdagi murojaatida ham Naim Qosim Hizbullohning «kuç pozitsiyasidan» turib muloqot taklif qilayotganini va partiya qurollaridan voz keçmasligini yana bir bor takrorladi.

Foto: Reuters

Şuningdek, u Livan hukumati va parlamentdagi birlikni ta’minlaş, saylovlarni öz vaqtida ötkaziş, islohotlarni tezlaştiriş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş va milliy xavfsizlik strategiyasi ustida kelişişga da’vat etdi. Qosimning sözlariga köra, Isroil hujumlariga qarşi kuraşiş mas’uliyati hukumat zimmasida bölib, Hizbulloh esa Livan armiyasi bilan birgalikda harakat qilişga tayyor.

Isroil-Hizbulloh uruşi

2023 yil oktyabrida Ğazodagi uruş fonida Isroil va Livandagi Hizbulloh örtasida çegara töqnaşuvlari boşlangan edi. Dastlab artilleriya va raketa zarbalari bilan çeklangan janglar 2024 yil sentabrga kelib töliq miqyosli uruşga aylanib ketdi.

2024 yil sentabrda Isroil keng kölamli hujum boşladi, Hizbullohning janubiy Livandagi tayançlariga zarba berdi. Hizbulloh öz navbatida Isroil şimolidagi şaharlarga yuzlab raketa va dronlar uçirdi.

Foto: CNN

Uruşda 4 mingdan ortiq odam nobud böldi, qariyb 17 ming kişi yaralandi. Infratuzilma va uy-joylar jiddiy zarar kördi. Isroil zarbalari natijasida Hizbulloh boş kotibi Hasan Nasrulloh va boşqa yuqori darajadagi qömondonlar öldirildi.

2024 yil noyabrida öq otişni töxtatiş kelişuvi tuzildi. Sulhga köra, Isroil janubiy Livandan çiqib ketişi kerak edi, ammo faqat qisman qöşinlarini olib çiqdi va ayrim çegara postlarida harbiy mavjudligini saqlab qolmoqda.

Uruş Hizbullohni zaiflaştirdi, ammo guruh qurolsizlanişdan boş tortdi. Isroil esa hududiy nazoratni töliq amalga oşira olmadi. Mojaro mintaqada kuçlar muvozanatini özgartirdi.