Collins Aerospace — butun dunyodagi köplab aviakompaniyalarga xizmat körsatuvçi kompaniya kiberhujum oqibatida texnik muammolarga duç keldi, deya xabar bermoqda Reuters.

Heathrow aeroporti bu parvozlarni keçiktirişi mumkinligini ma’lum qildi.

Brussels Airport va Berlin Airport ham kiberhujumdan jabrlangani haqida alohida bayonot berdi.

RTX korporatsiyasining Collins Aerospace kompaniyasi öz dasturiy ta’minoti “ayrim aeroportlarda kiberhujumga aloqador buziliş”ga uçraganini tasdiqladi, ammo qaysi aeroportlar ekanini aniqlaştirmadi.

RTX’ning bayonotiga köra, ta’sir faqat elektron röyxatga oliş va yuk topşiriş tizimlariga tegişli, muammoni esa qölda röyxatga oliş orqali vaqtinça bartaraf etiş mumkin. Kompaniya muammoni eng qisqa vaqt içida hal qilişga harakat qilayotganini bildirdi.

Brussels Airport ma’lumotiça, hujum juma kuni keçasi sodir bölgan va avtomatlaştirilgan tizimlar işdan çiqqan. Hozirda faqat qölda röyxatga oliş va samolyotga çiqariş amalga oşirilmoqda.

“Bu parvozlar jadvaliga katta ta’sir körsatadi va afsuski, keçikişlar hamda bekor qilingan reyslarga sabab böladi”, — deyilgan bayonotda.

Ayni vaqtga qadar 10 ta reys bekor qilindi, barça uçişlar örtaça bir soatga keçikmoqda.

Berlin Airport saytida esa röyxatdan ötişda uzoq navbatlar yuzaga kelayotgani va muammoni tezda hal qiliş ustida işlanayotgani qayd etildi. Germaniyaning eng yirik aeroporti Frankfurt Airport esa hujumdan jabrlanmagan.

Berlin Airport yölovçisi Kim Rayzen keçikiş va ma’lumot yetişmasligidan şikoyat qildi: “Bizga faqat texnik nosozlik deyişdi, boşqa izoh yöq”.

“Bugungi texnologiyalar davrida bunday hujumdan himoyalaniş imkoni yöqligi aqlga siğmaydi”, - dedi yana bir yölovçi Zigfrid Şvars,

Yevropaning yirik aviakompaniyalaridan EasyJet öz parvozlari odatdagi tartibda amalga oşirilayotgani va bu muammo kun oxiriga qadar reyslarga ta’sir qilmasligini bildirdi.