BBC xabariga köra, politsiya Dallas şimoli-ğarbidagi ofisda mahalliy vaqt bilan soat 7:30 atrofida otişma sodir bölgani haqida xabar olgan.
Mergan qöşni binoning tomida ölik holda topildi, deb xabar berdi mahalliy WFAA telekompaniyasi manbalarga tayanib.
ICE rahbari vazifasini vaqtinça bajaruvçi Todd Layonsning CNN telekanaliga aytişiça, «dastlabki ma’lumotlarga köra, gap snayper haqida ketayotgan bölişi mumkin».
«Huquq-tartibot idoralariga, ayniqsa ICE ofislariga hujumlar töxtatilişi kerak. Men uşbu hujumda jabrlanganlarning barçasi va ularning oilasi uçun duo qilaman», deb yozdi AQŞ vitse-prezidenti Jyeyms Vens ijtimoiy tarmoqda.
Dallas politsiyasi ICE ofisidagi otişmada kamida bir kişi halok bölganini tasdiqladi.
«Ikki kişi öqotar quroldan olingan jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazildi. Jabrlanganlardan biri voqea joyida vafot etgan. Gumonlanuvçi vafot etdi», deyiladi Dallas politsiyasining ijtimoiy tarmoqdagi postida.
«Dastlabki tergovda gumonlanuvçi qöşni binodan turib hukumat binosiga qarata öt oçgani aniqlandi», deyiladi politsiya bayonotida.












