“Hatto bankomatdan ham ötadi” – Turkiyadan kelayotgan va aslidan farq qilmaydigan qalbaki dollar
|04:02 / 25.09.202524 56713 min
Özbekistonga çet davlatlar, ayniqsa, Turkiyadan qalbaki dollar kirib keliş holatlari uçramoqda. Parallel ravişda özbek sömini qalbakilaştiriş ham köpayyapti. Uşbu soxta pullar “birga bir” işlangani, “haqiqiysidan ajratiş qiyin”ligi, bankomat ham qabul qilişi aytiladi. Xöş, qalbaki pullardan qanday saqlaniş mumkin?
Özbekistonda biror savdo dökoniga kirib, xarid uçun 200 ming söm qiymatidagi pulni uzatsangiz aksariyat hollarda sotuvçi yarim hazil, yarim çin şaklda “Soxta emasmi işqilib?” deb söraydi. Bu işonçsizlik va şubha öz-özidan şakllanmadi: sababi Özbekistonda pulni qalbakilaştiriş bilan boğliq jinoyatlar soni oşib boryapti. Hatto qalbaki dollar va söm sotuvçilar ijtimoiy tarmoqlardagi yopiq kanallar orqali bemalol faoliyat yuritişga kirişmoqda.
Turkiya va qalbaki dollar
Keyingi vaqtlarda qalbaki dollar haqida gap ketganda Turkiya davlati tilga olinadigan bölib qoldi. Ayniqsa, 2024 yilning noyabr oyi oxirida uşbu davlatda qalbaki dollarlar tarqalgani yuzasidan tergov boşlangani ortidan bu boradagi gap-sözlar yana köpaydi.
Turkiyada qalbaki dollarlar bilan boğliq tergovga mamlakatga 600 mln dollarlik qalbaki banknotlar kontrabanda yöli bilan olib kirilgani asos bölgan. Öşanda mazkur davlatdagi ayirboşlaş şoxobçalari va banklar eski namunadagi 50 va 100 dollarlik kupyuralar bilan operatsiyalarni vaqtinça töxtatgandi.
Mutaxassislarga köra, Turkiyaga qalbaki dollarlarning asosiy qismi Suriya, Eron va Bolqon hududlaridan olib kelingan. Qalbaki valuta bilan boğliq birinçi operatsiya Suriya bilan çegaradoş Gaziantep şahrida amalga oşirilgan. Qalbaki dollarlar Antaliya, Izmir, Istanbul, Anqara kabi turistik şaharlarda ham aniqlangan.
Özbekistondagi qalbaki dollarning ham aksariyati Turkiyadan kirib kelmoqda. Buni sodir etilgan şu kabi jinoyatlar tafsilotidan biliş mumkin. Misol sifatida bir neçta holatni keltirib ötamiz.
Turkiyadan kelgan “poçta”
Fuqaro Ravşan Mamatqulov özining tanişi Jamşid Bozorovga 50 ming dollar miqdorida qalbaki puli borligini, unga sotmoqçi ekanini aytgan va mijoz topişni söragan. Jamşid Bozorov öz navbatida tanişi Madiyor Baxronovga 50 ming dollar miqdoridagi qalbaki pulni 25 ming dollarga sotişini bildirgan.
Topilgan mijoz bu harakatlar noqonuniy ekanini bilib, holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi departamentga ariza bilan murojaat qilgan. 2025 yil 23 yanvar kuni tezkor tadbir ötkazilib, Ravşan Mamatqulov, Jamşid Bozorov va Madiyor Baxronov “Bunyodkor” stadioni avtoturargohida 50 ming qalbaki dollarni 25 ming dollarga sotayotganda qölga olingan.
Mavzuga oid
Ravşan Mamatqulov sudda aybiga iqror bölib, qalbaki dollarlar Turkiyadan kelganini ma’lum qilgan.
“2025 yil yanvar oyi boşlarida ijtimoiy tarmoq orqali Asad ismli Tojikiston fuqarosi bilan tanişib qoldim. U hozirgi kunda özi Turkiyada yaşaşini, u yerda tekstil fabrikasi rahbari ekanini, ora-orada Turkiya davlatida işlab çiqarilgan qalbaki dollar savdosi bilan şuğullanib turişini aytdi. U har bir qalbaki 10 ming dollarni 3 ming haqiqiy dollarga sotişini ma’lum qilib, agarda şu kabi qalbaki dollarni Özbekiston hududiga olib kirib bersa, sotib bera olişimni söradi.
Uning gaplariga işonmasdan, qalbaki dollarni Özbekiston hududidagi yuborişini aytdim. 2025 yil taxminan 15-16 yanvar kunlari Asad xabar jönatib, Özbekistonga Turkiyadan 50 ming miqdorida qalbaki dollar yuborganini, tanişi men bilan körişib, pulni berib qöyişini aytdi. Söngra notaniş bölgan ayol Telegram orqali qönğiroq qildi. U menga Asad ismli tanişim Turkiyadan poçta berib yuborganini, körişib uşbu poçtani berib qöyişi kerakligini ma’lum qildi. Ayol bilan körişib, qizil rangli paketga öralgan poçtani olib qoldim”, degan Ravşan Mamatqulov.
Şundan keyin u uyiga borib, jönatmani oçib körgan. Keyin esa qalbaki dollarni sotib oladigan mijoz izlagan va qölga tuşgan.
Sud hukmi bilan qalbaki dollar “savdogarlari” Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilgan. Ravşan Mamatqulovga 10 yil 1 oy, Jamşid Bozorovga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllagan holda 7 yil, Madiyor Baxronovga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
“Bankomatdan ötkazib körsatdi”
Yana bir holatda fuqarolar Nozimbek Oğaliqov, Anvar Şamsiyev hamda Temur Tojiboyev Turkiyaning Istanbul şahriga borib, u yerda Jamol Sobirli ismli şaxsdan 20 ming miqdoridagi qalbaki dollarni 10 500 dollarga sotib olişgan. Söngra uşbu qalbaki valutani Özbekistonga olib kelişgan.
Ular Namangan viloyati Davlatobod tumani hududida 17 950 dollar qalbaki valutani şartli xaridorga 12 600 dollarga sotayotganda huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tezkor tadbirda qölga olingan.
“Temur Tojiboyevni tadbirkor sifatida bilaman. Uni Nozimbek Oğaliqov orqali taniganman. Nozimbek bilan özaro kelişib, biznes qiliş maqsadida 26 500 dollar pul yiğdik va Temur Tojiboyevga berdik. U Turkiyadan kiyim-keçak keltirib bersa, sotişni közlagandim.
Savdo işlari çözilgani sababli Temur Tojiboyev bilan telefon orqali gaplaşdik va pulimizni söradik. Temur Turkiyadan kelganidan söng mahsulot olib kelmaganini, pulni qaytarib berişini aytib, 18 ming dollar berdi. Uşbu dollarning ozroq qismini Toşkent şahridagi bankomatda almaştirib oldik. Dollarning qalbaki ekanini bilmagandim”, degan Anvar Şamsiyev.
Nozimbek Oğaliqov ham sudda Temur Tojiboyev pulni qaytarayotganda uning haqiqiy ekanini isbotlab beriş uçun bankomatdan ötkazib körsatganini, şu sababli işonganini aytgan.
“Töyda yerdan terib olgandim”
Boşqa bir holatda esa fuqaro Dilyorbek Qodirov özi bilmagan holda Turkiyadan qalbaki dollar olib kelgan. Söngra uşbu pulga gazon sotib olgan.
U suddagi körsatmasida qalbaki dollarni Turkiyada töyda yerdan terib olganini aytgan.
“Turkiyaga borganimda töy marosimida yerdan 1 700 dollar terib oldim. Özbekistonga qaytganimda aeroportda deklaratsiya töldirmasdan olib kirdim. Pullarning qalbaki ekanini bilmagandim”, degan u.
Sud hukmi bilan unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllagan holda 4 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.
Yopiq kanallardagi “pul bozori”
Özbekistonda qalbaki dollar va söm sotuvçilar “narkosavdo” sistemasiga ötmoqda. Ya’ni ijtimoiy tarmoqlardagi yopiq kanallar orqali qalbaki dollar yoki sömni biror lokatsiyaga qöyib ketiş orqali sotişmoqda: sotuvçi xaridorni, xaridor esa sotuvçini körmaydi, örtada esa oldi-berdi bölaveradi.
Telegram’da qalbaki pul savdosi bilan şuğullanuvçi önlab yopiq kanallar faoliyat körsatib turibdi. Ular qalbaki dollarni asosan Turkiya davlatidan olib kirişmoqda.
Şulardan biri Telegram’dagi “Turkeya 96%” kanali. Yopiq tarzda faoliyat yuritadigan uşbu kanalda qalbaki dollar va söm sotilişi haqida e’lonlar joylaştirib borilmoqda.
E’lonlarda qalbaki 10 mln söm haqiqiy 2 mln sömga, qalbaki 20 mln söm 3,4 mln sömga, qalbaki 10 ming dollar esa 20 mln 550 ming sömga sotilişi aytiladi. Şuningdek, qalbaki pul qöldan qölga berilmasligi, yaşirilgan manzil lokatsiya aytilişi va xaridorning özi borib olişi ma’lum qilingan.
E’lonlarda qalbaki pullar “birga bir yasalgani”, “heç kim ajrata olmasligi” va “bankomatdan ham ötişi” bildirilgan.
“Soxta özbek pulari” nomli yopiq guruhda ham qalbaki pullar savdosi amalga oşirilmoqda. E’lonlarda qalbaki pullar barça viloyatga yetkazib berilişi, tölovning yarmi oldindan tölanişi aytiladi.
Markaziy bank munosabati qanday?
Albatta, muomalada qalbaki pullarning köpayişi jiddiy oqibatlarga olib boradi. Kun.uz bu borada Markaziy bank munosabati bilan ham qiziqdi.
Markaziy bank mutaxassislarining fikriça, qalbaki valutalar muomalada bölişining oldini oliş va ularni nazorat qiliş mamlakat iqtisodiy barqarorligi hamda bank-moliya tizimiga bölgan işonçni ta’minlaşda ustuvor ahamiyat kasb etadi. Şu sababli bu boradagi vaziyat doimiy ravişda kuzatib boriladi.
“Ötgan yilning yakunida xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali bir qator mamlakatlarda qalbaki banknotalar muomalasi jadal sur’atlarda ösib borayotganligi keng yoritildi. Xususan, Turkiyada eski namunadagi 50 va 100 nominaldagi AQŞ dollar banknotalarni qalbakilaştiriş holatlari kuzatildi. Şuningdek valuta ayirboşlaş şoxobçalarida mazkur turdagi banknotalar qabul qilinmasligi ham qayd etildi.
Tahlillarga köra, mavjud bankomatlar va pul sanaş apparatlarining dasturiy ta’minotlari yangilanmaganligi sababli ular orqali bunday turdagi qalbaki banknotalarni aniqlaş imkoniyati çeklangan edi.
Mavjud vaziyatdan kelib çiqib, Markaziy bank tomonidan bank kassalarini banknotani haqiqiyligini tekşiruvçi zamonaviy uskunalar (detektorlar) bilan jihozlaş, mavjud uskunalarning dasturiy ta’minotlarini muntazam ravişda yangilab boriş böyiça körsatmalar berildi hamda qalbaki banknotalarni aniqlaşga doir dastlabki ehtimoliy belgilar barça tijorat banklariga yetkazildi”, deyiladi Markaziy bank izohida.
Şuningdek, Markaziy bank va AQŞning Özbekistondagi elçixonasi hamkorligida barça tijorat banklari mutaxassislari iştirokida dollar banknotalarining xavfsizlik xususiyatlari va qalbaki pullarni aniqlaş usullariga bağişlangan maxsus trening ötkazilgan.
Qayd etilişiça, bugungi kunda barça banklar qalbaki kupyuralarni aniqlaş uçun zarur zamonaviy moddiy-texnik ta’minot bilan jihozlangan bölib, ularning dasturiy ta’minoti muntazam yangilanib borilmoqda. Şu sababli Markaziy bank bank tizimida qalbaki kupyuralar muomalada bölişi ehtimolini minimal deb hisoblagan.
Markaziy bank öz munosabatida aholi va xorijiy sayyohlarning manfaatlarini himoya qiliş hamda çet el valutasidagi banknotaning haqiqiyligiga işonç hosil qiliş uçun töğridan töğri tijorat banklariga murojaat qilişni tavsiya etgan.
Qanday aniqlaş mumkin?
Köpinça 100 dollarlik pul qalbakilaştiriladi. Xöş, qalbaki dollarni haqiqiysidan qanday ajratsa böladi? Içki işlar vazirligi Ekspert-kriminalistika boş markazi boş eksperti mayor Oybek Yusupov Kun.uz’ga bergan intervyusida bir neçta oddiy usullarni keltirib ötdi.
“Qalbaki dollarning qalbaki ekanini aniqlaş ança qiyin bölmoqda. Sababi, ular 80 foiz haqiqiy hisoblanib, qolgan 20 foiz qismi qölbola usulda tayyorlangan holda muomalaga kiritilyapti.
Hamma pulda himoya elementi sifatida suv belgisi böladi. Lekin hozirgi kunda bu suv belgisi ham qalbakilaştirilyapti. Şuningdek, hamma haqiqiy ekanini tekşirib köriş uçun dollardagi Benjamin Franklinning suratidagi belgilarni silab köradi. Bu qölga seziladi. Qalbakilarida ham huddi şu kabi belgilar mavjud. Şu sababli, bu usullarda tekşirişning zarurati ham qolmadi.
Dollarni qalbakilaştiriş qiyin bölayotgan nuqtasi bu – seriya raqami hisoblanadi. Haqiqiy kupyuraning seriya raqamlari çetida töqroq rangda börtib çiqqan qatlam bor. Buni lupa yordamida bemalol körsa böladi.
Qalbakisida uşbu börtib çiqqan qatlam bölmaydi.
Bu haqiqiy dollarni oddiy lupa yordamida aniqlaş usuli.
Yana bir sodda usuli: kupyuraning ikki çetidan uşlagan holda ketma-ket tortib köriş kerak. Agar haqiqiy bölsa jarangdor ovoz çiqadi.
Şuningdek, qalbaki kupyura bir-biriga yopiştirilgan ikki qoğozdan iborat böladi. Uning çetidan tirnoq bilan ikki qismga ajratiş mumkin. Haqiqiysi esa ikkiga bölinmaydi.
Dollar 20 dan ortiq himoya elementlariga ega böladi. Banklardagi uskunalar nari borsa 7 tagaça himoya elementlarini tekşiradi. Hammasini tekşiriş imkoniyati yöq”, deydi Oybek Yusupov.
Ekspertning qöşimça qilişiça, Turkiyadan kirib kelayotganidan taşqari Özbekistonning özida ham dollarni qalbakilaştiriş holatlari aniqlangan. Masalan, Namangan viloyatining Çust tumanida piçoq yasovçi usta haqiqiysidan farq qilmaydigan darajada temirdan dollarning qolipini yasagan. Söngar Samarqanddan maxsus qoğoz keltirib, qalbaki dollar yasagan va muomalaga kiritgan.
Oybek Yusupovning ta’kidlaşiça, dollar bilan bir qatorda özbek sömini qalbakilaştiriş holatlari ham uçrab turibdi. Bunda odatda eski namunadagi 100 ming sömlik kupyura qalbakilaştiriladi. Çunki, unda rang kamroq işlatilgan.
Qalbaki özbek sömini aniqlaş uçun kupyuraning bir uçini suvga tekkizib köriş kifoya. Agar qalbaki bölsa nam tegişi bilan ranglar böyala boşlaydi. Haqiqiysida esa bunday bölmaydi.
Özbekistonda qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş jinoyatini sodir qilganlik uçun 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanadi. Kun.uz yurtdoşlarimizni qalbaki pul savdolariga aralaşmaslikka, şubhali holatlarda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilişga çaqirib qoladi.