19-21 sentabr kunlari Toşkentda mamlakat madaniy hayotida yorqin iz qoldirgan yilning eng yirik musiqiy tadbirlaridan biri - Pepsi Music Fest 2025 bölib ötdi.

Central Asian Expo Uzbekistan maydonida uç kun davomida festival 165 mingdan ortiq tomoşabinni töplab, avlodlarni musiqa orqali birlaştirdi. Şu kunlarda bir sahnada jahon yulduzlari va mahalliy san’atkorlar çiqiş qildi. Xedlaynerlar yangi avlod reperi Big Baby Tape va Qozoğistonning "Irina Kayratovna" guruhi böldi. Şuningdek, dunyoning eng mohir barabançilaridan biri - Tim Ivanovning çiqişi katta qiziqiş uyğotdi.

Pepsi Music Fest 2025 tarixiy voqeaga aylandi: Özbekistonda ilk bor Akon özining maşhur qöşiqlari bilan iştirok etdi. Jahon miqyosidagi afsonaviy san’atkor bilan birga tomoşabinlar butun dunyoni zabt etgan xitlarini birga kuyladilar.

Özbek xonandalari festivalga özgaça joziba bağişladi. Tohir Sodiqov, Konsta, Lola, King Macarella va MillyMallyMoe özlarining yorqin çiqişlari bilan tomoşabinlarni xursand qildi. Raqs zavqini DJ Frost va DJ Gera setlari ta’minladi.

Festival davomida ulkan yoruğlik va lazer şousi ötkazilib, yakuniy muşakbozlik esa madaniy birlik ramziga aylandi.

Pepsi Music Fest nafaqat köngiloçar tadbir, balki mamlakat musiqa sanoatini rivojlantirişga hissa qöşadigan madaniy platforma sifatida ham öz ahamiyatini tasdiqladi.

Festival yirik xalqaro brendlar jamiyatning madaniy rivojlanişini qöllab-quvvatlayotganining yorqin namunasi böldi. Markaziy Osiyodagi eng yirik içimlik işlab çiqaruvçilardan biri bölgan International Beverages Tashkent kompaniyasi köp yillardan buyon sport va yoşlar taşabbuslariga sarmoya kiritib kelmoqda. Pepsi Music Fest uning mamlakat ijtimoiy hayotiga qöşgan hissasining yana bir isboti böldi.