Qaşqadaryo viloyatida şişa mahsulotlari işlab çiqaruvçi zavod quriladi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Investitsiya loyihasi Xitoy kompaniyasi tomonidan ikki bosqiçda amalga oşiriladi. Unga köra, 10 gektar maydonda 50 ming kvadrat metrli zavod majmuasi va 2 ming kvadrat metrli kvars qumini boyitiş kompleksi quriladi. Umumiy sarmoya hajmi 80 mln dollarni taşkil etadi.

Zavod işga tuşganidan söng oyiga 300 ming tonna şişa mahsulotlari işlab çiqariladi. Tayyor mahsulotning asosiy qismi içki bozor talablarini qondiriş bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlari hamda Afğonistonga eksport qilinadi.

Uçraşuv davomida viloyat hokimi Murodjon Azimov investorlarni qiziqtirgan savollarga atrofliça javob berdi, şuningdek, loyiha kelgusida barqaror işlaşida doimiy qöllab-quvvatlaşini ta’kidladi.

Qayd etilişiça, Qaşqadaryoda faoliyat olib borayotgan Xitoy kompaniyalari soni 80 tadan oşgan.