Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Amerikaning Axios naşriga bergan intervyusida agar Rossiya bilan uruşni tugatiş mumkin bölsa, ikkinçi muddatga saylanmaslikka tayyorligini aytdi.
«Agar biz rossiyaliklar bilan uruşni yakunlasak, men [saylovlarga] bormaslikka tayyorman, çunki saylovlar men uçun maqsad emas. Men bu juda murakkab davrda yurtim bilan birga bölişni, unga yordam berişni juda xohlardim. Mening maqsadim – uruşni tugatiş», – dedi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy 2019 yil may oyidan beri prezidentlik qilmoqda. Uning birinçi prezidentlik muddati 2024 yil may oyida tugaşi kerak edi, biroq harbiy holat şaroitida Ukraina qonunçiligi yangi saylovlar ötkazişni taqiqlaydi, şuning uçun Zelenskiyning birinçi muddati avtomatik ravişda uzaytirildi. Bu Rossiya rasmiylariga Ukraina prezidentining «nolegitimligi»ni e’lon qiliş uçun sabab böldi.
Şu bilan birga, Ukrainaning özida, hatto Zelenskiyning siyosiy muxoliflari orasida ham u harbiy holat bekor qilinmagunça prezident bölib qolişi kerakligi haqida konsensus mavjud.
Zelenskiyning özi ham uruş tugab, harbiy holat bekor qilinganidan keyin prezidentlik saylovlarini ötkaziş muhimligi haqida bir neça bor gapirgan. U Axios’ga bergan intervyusida uruş butunlay tugamasdan, Rossiya bilan uzoq muddatli sulh tuzilgan taqdirda ham saylovlar tezroq ötkazilişiga erişişini aytdi.
Oxirgi sörovlar körsatişiça, agar hozir saylov ötkazilsa, Volodimir Zelenskiy saylovçilarning eng köp qöllab-quvvatlaşiga ega böladi. «Reyting» sotsiologik markazining avgust oyidagi tadqiqotiga köra, ukrainlarning 35,2 foizi unga, 25,3 foizi esa uning asosiy potensial raqibi, Ukraina qurolli kuçlarining sobiq boş qömondoni Valeriy Zalujniyga ovoz berişga tayyor. Şu bilan birga, umumiy işonç darajasi böyiça Zelenskiy Zalujniydan ortda qolmoqda.
Zelenskiy yana nimalar dedi?

Zelenskiy intervyusida agar Rossiya uruşni töxtatmasa, Kremldagi amaldorlar eng yaqin bombapanagoh qayerda ekanini bilib qöyişlari kerakligini aytdi.
Ukraina prezidentining sözlariga köra, yaqinda Donald Tramp bilan uçraşuvi çoğida u Kiyev Rossiya zarbalariga «birga-bir» prinsipi böyiça javob berişi kerakligi masalasini kötargan. Zelenskiyning ta’kidlaşiça, Amerika prezidenti Rossiyaning energetika infratuzilmasi obektlari va harbiy zavodlariga zarbalar berişni qöllab-quvvatlaydi.
Uning sözlariga köra, u Trampdan Vladimir Putinni muzokaralar stoliga ötirişga majbur qiladigan yangi uzoq masofali qurollarni taqdim etişni söragan. Zelenskiy Kiyev Vaşingtondan aynan qanday qurol sörayotganiga aniqlik kiritmadi, biroq agar uni oladigan bölsa, undan foydalanişini qöşimça qildi.
Şu bilan birga, Zelenskiy Ukraina tinç aholini bombardimon qilmoqçi emasligini, çunki «ukrainlar terrorçi emasligi»ni ta’kidladi. Ammo u Kreml kabi Rossiya hukumati obektlari Kiyev uçun nişonga aylanişi mumkinligini bildirdi.
«Ular bombapanagohlar qayerda joylaşganini bilişlari kerak. Agar ular uruşni töxtatişmasa, bu ularga baribir kerak böladi. Ular biz doimo javob berişimizni hisoba olişlari kerak», – dedi Zelenskiy Kreml rasmiylari haqida.
Rossiya Xavfsizlik kengaşi rahbari örinbosari Dmitriy Medvedev allaqaçon ijtimoiy tarmoqlarda Zelenskiyning bu sözlariga munosabat bildirgan. «U yaramas boşqa narsani bilişi kerak: Rossiya bombapanagoh yordam bermaydigan qurollarni qöllaşi mumkin. Va amerikaliklar buni yodda tutişlari kerak», – deb yozdi u.













