Yevroparlament Rossiya energiyasi importidan voz keçişni tezlaştiriş imkoniyatini örganmoqda, deb xabar berdi Blumberg agentligi öz manbalariga tayanib.
"Yevroparlament Rossiya nefti va gazi importidan voz keçiş imkoniyatini örganmoqda. Parlament sanoat qömitasi 2026 yildan neft va yana bir yildan söng gaz importini töxtatiş közda tutilgan RePowerEU rejasiga tuzatişlar kiritiş böyiça ovoz beradi", - deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, ovoz beriş 16 oktabr kuni ötkazilişi rejalaştirilgan.
YeI mamlakatlari 2022 yilda e’lon qilingan REPowerEU rejasida 2027-2028 yillarda Rossiya gazidan voz keçişni maqsad qilgan. Bu vaqt içida Rossiyaning suyultirilgan gaz yetkazib beriş hajmi 40 foizga oşdi, quvur orqali gaz yetkazib berişi esa 70 foizdan 60 foizga tuşdi.
19 sentabr kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen 2027 yildan Rossiya suyultirilgan gazi importini taqiqlaşni öz içiga olgan 19-sanksiyalar paketi bilan taniştirgandi.











