Forişda ovqatdan zaharlangani gumon qilinayotgan boğça bolalarining ahvoli barqaror. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, 2025 yil 9 oktyabr kuni Jizzax viloyati Foriş tumanidagi bir neçta maktabgaça ta’lim taşkilotlarining ayrim tarbiyalanuvçilarida yengil noxuşlik, haroratning kötarilişi, köngil aynişi va qisqa muddatli ovqat hazm qiliş buzilişi belgilari kuzatilgan.

“Ularga öz vaqtida zarur tibbiy yordam körsatilgan. Hozirgi paytda barça bolalarning ahvoli barqaror, soğliğiga xavf yöq. Faqat 2 nafar bola profilaktika maqsadida şifokorlar kuzatuvida qolmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, noxuşlik holati oziq-ovqat omillari bilan boğliq bölişi ehtimol qilinmoqda. Aniq sabab laboratoriya tahlillari natijalariga köra belgilanadi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Ma’lum qilinişiça, hozirda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik xizmati mutaxassislari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari va suvdan namuna olingan, tadqiqotlar olib borilmoqda. Vaziyat tegişli xizmatlar tomonidan töliq nazoratga olingan.

Avvalroq Foriş tumanidagi 4 ta davlat maktabgaça ta’lim muassasasining 37 nafar tarbiyalanuvçisi isitma kötarilişi, köngil aynişi va holsizlik kabi şikoyatlar bilan şifoxonaga murojaat etgani xabar qilingandi. Keyinçalik Foriş tumani hokimligi rasmiy kanalida bu haqdagi bayonot tahrirlanib, bolalar soni 35 nafarga kamaytirib qöyildi.