Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan «Dok-1 Maks» va «Ambronol» dori vositalari isteʼmoli natijasida jabrlangan oilalarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni töliq qoplab beriş işlarini tezlaştiriş böyiça tegişli topşiriq berildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça sudining ijro hujjatlariga köra, «Dok-1 Maks» va «Ambronol» dori vositalari isteʼmoli natijasida jabrlangan oilalarga Majburiy ijro byurosi tomonidan 90 nafar jabrlanuvçi foydasiga jami 82 milliard söm kompensatsiya tölovi undirilişi belgilangan edi.
Biroq aybdorlarning xatlangan mol-mulkini sotiş jarayoni belgilangan muddatdan çözilgani sababli bugungi kunga qadar uşbu mablağning 20 foizi, yaʼni 16,8 milliard söm tölangan, xolos. Kompensatsiyaning qolgan qismi esa bir neça yildan buyon tölanmay kelgan.
Şu bois, prezident tomonidan jabrlangan oilalarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni töliq qoplab beriş işlarini tezlaştiriş böyiça tegişli topşiriq berildi.
Şunga asosan davlat byudjetidan 65,2 milliard söm ajratildi. Şu tariqa, bugunga qadar 88 nafar jabrlanuvçiga jami 80 milliard söm, şu jumladan, vafot etgan 72 nafar bola oilalariga 72,2 milliard söm, davolangan va davolanayotgan 16 nafar bola oilalariga esa 7,8 milliard söm tölandi.
Bank kartalari bilan boğliq texnik masalalar hal etilgandan söng 2 nafar bola oila azolariga ham qolgan 2 milliard söm töliq tölab beriladi.
Byudjetdan ajratilgan 65,2 milliard söm mablağ aybdor şaxslarning mol-mulkini sotişdan tuşgan va ulardan undirilgan mablağ hisobidan respublika byudjetiga qaytariladi.
«Ayni paytda Soğliqni saqlaş vazirligi, tegişli davlat taşkilotlari va idoralari masʼullari respublika tibbiyot markazlari şifokorlari bilan birgalikda jabrlangan oilalarning holidan xabar olib, bolalarga qöşimça zarur tibbiy va psixologik yordam körsatiş çoralarini körmoqda», – deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

















