L guruhi

Strategik durang

Çexiya – Xorvatiya 0:0
Çexiya: Kovarj, Vitik, Kreyçi, Zeleni, Tsoufal, Çerv, Souçek, Şuls (Lingr, 76), Kuşey (Vidra, 62), Provod (Çerni, 76), Xori
Xorvatiya: Livakoviç, Çaleta-Tsar, Şutalo, Gvardiol, Yakiç, Modriç, Suçiç, Kramariç, Perişiç (Fruk, 78), M. Paşaliç (Ivanoviç, 62), Budimir (M. Paşaliç, 62)
Ogohlantirişlar: Suçiç, 73. Kramariç, 76

Kunning markaziy bahsida L guruhi peşqadamlari örtasida keçdi – birinçi davrada xorvatlar öz maydonida 5:1 hisobida ustun kelgandi, ammo Pragada keçgan uçraşuv muxlislarning hafsalasini pir qildi. Bu Yevropa saralaş bosqiçida ikki tomon ham gol urmagan yagona öyin böldi. Hatto xG körsatkiçlari böyiça ham jamoalarning birortasi bitta ham golga yaqin kela olişmadi (0,49 ga qarşi 0,77).

Bu strategik durangdan keyin ikki jamoada ham 13 tadan oçko bor, lekin xorvatlarning töplar nisbati yaxşiroq, qolaversa, bolqonliklar hisobida bitta zaxira öyini ham mavjud.

Farer orollari – Çernogoriya 4:0
Gollar: Serensen, 16 (1:0). Roganoviç, 36 – avtogol (2:0). Serensen, 55 (3:0). Frederiksberg, 72 – penalti (4:0)
Farer orollari: Lamhauge, Vatnhamar, A. Edmundsson, Fere, Hendriksson Olsen (Turi, 68), Andreasen, Agnarsson, Danielsen (Benyaminsen, 82), Frederiksberg (Knudsen, 76), Serensen (Yustinussen, 76), Olsen (Y. Edmundsson, 68)
Çernogoriya: Nikiç, Saviç, Şipçiç, Vukçeviç, Roganoviç (Bayoviç, 66), Şimun, Peroviç (Jukanoviç, 59), Bakiç, Adjiç (Tsamay, 66), Krstoviç, Osmaiç (Kostiç, 82)
Ogohlantirişlar: Şimun, 53. Vukçeviç, 66

Kunning eng kutilmagan hisobi ham şu guruhda qayd etildi. Eydun Klaksteyn boşqaruvidagi Farer orollari jamoasi Torsxavndagi öyinda Çernogoriyani yirik hisobda mağlub etib, guruh peşqadamlarini ta’qib qilişga kirişdi. Öyindagi birinçi golni mezbonlar qarşi hujumda urişdi, Syorensen raqib jarima maydoni içida Vukçeviçni osonlik bilan aldab ötdi va epizodni öz foydasiga hal qildi. Keyin farerliklar standart vaziyatni ijro etganida töp uçun kuraş olib borgan Roganoviç öz darvozasini işğol etib qöydi. Ikkinçi bölim boşida Syorensen yaqin masofadan boş bilan aniq zarba yöllab, hisobni yiriklaştirdi. Bölim davomida Frederiksberg penaltini aniq ijro etdi va Farer orollari jamoasi öz tarixidagi eng yirik ğalabali hisobni takrorladi. Bungaça ular Lixtenşteyn bilan öyinlarda ikki bor yirik hisobda zafar quçgandi (5:1 va 4:0).

12 oktyabr. Farer orollari – Çexiya, Xorvatiya – Gibraltar.
14 noyabr. Gibraltar – Çernogoriya, Xorvatiya – Farer orollari.
17 noyabr. Çexiya – Gibraltar, Çernogoriya – Xorvatiya.

G guruhi

Depay yana gol urdi

Malta – Niderlandiya 0:4
Gollar: Gakpo, 12 – penalti (0:1). Gakpo, 49 – penalti (0:2). Reynders, 57 (0:3). Depay, 90+3 (0:4)
Malta: Bonello, Şou, Pepe, Kamenzuli, Korbalan, Giyome, Satariano (Overend, 73), Teuma (Rid, 84), Şuaref (Jons, 84), Mbong (Yankam, 73), Kardona (Tuma, 87)
Niderlandiya: Verbryuggen, Timber, van Deyk, van de Ven (Xartman, 84), Dyumfris, Reynders, de Yong (Depay, 67), Gravenberh, Gakpo (Simons, 84), Frimpong (Malen, 67), Vegxorst (Klyuyvert, 67)
Ogohlantirişlar: Kamenzuli, 37. Pepe, 47. Kardona, 55. Teuma, 83. Overend, 90 – van Deyk, 62. Depay, 74

Malta maydonidagi öyin Niderlandiya uçun kutilmagan holat bilan boşlandi. «Töqsariqranglilar» jamoasi sardori van Deyk qöpol xatoga yöl qöyib, jarima maydoni içida töpni raqibga topşirdi, ammo Mbong yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi. Keyin esa hakam mezbonlar darvozasi tomon uç marta penalti belgiladi, ulardan biri VAR orqali bekor qilindi, qolgan ikkitasida Gakpo işonç bilan harakat qildi va terma jamoa safidagi gollari sonini 17 taga yetkazib, Rud Gullit va Mark Overmars bilan tenglaşib oldi. U Reynders urgan uçinçi golda esa assistentlik qildi. Qöşimça daqiqalarda esa Dumfris raqib jarima maydoni içida ajoyib fint işlatdi va Niderlandiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxşi töpurar Memfis Depayga navbatdagi golini urişda yordam berdi. Yirik ğalabadan keyin Niderlandiya guruh peşqadamligini mustahkamladi.

Finlandiya – Litva 2:1
Gollar: Şirvis, 25 (0:1). Kelman, 48 (1:1). Marxiyev, 55 (2:1)
Finlandiya: Sinisalo, Ivanov, Lyaxteyenmyaki (Peltola, 83), Koski, Antman (Stol, 83), Alxo, Kayrinen, Valta (Keskinen, 83), Marxiyev (Lod, 61), Kelman (Terxo, 65), Poxyanpalo
Litva: Şvedkauskas, Tutişkinas, Girdvaynis, Armalas (Sirgedas, 77), Lasitskas, Şirvis, Vorobev, Gineytis, Doljnikov (Slivka, 60), Golubikas (Yankauskas, 60), Paulauskas (Petkeviçyus, 77)
Ogohlantirişlar: Ivanov, 72. Keskinen, 90 – Doljnikov, 14

Niderlandlarning guruhdagi ta’qibçilaridan biri Finlandiya Litva bilan öyinda iroda körsatib, JÇ yöllanmasi uçun kuraşda qoladigan böldi. Ikkinçi bölim boşida Kellmanning hisobni tenglaştiruvçi goli avvaliga ofsayd tufayli hisobga olinmagandi, ammo videotakrordan keyin töp unga raqibdan kelgani ma’lum böldi. Köp ötmay Adam Marxiyev ğalaba golini urdi. Finnlar safida sentabr oyida debyut qilgan uşbu yoş futbolçi uçinçi öyiniga kelib gollar hisobini oçdi, uning unça kuçli bölmagan, ammo aniq bölgan zarbasidan keyin töp yuqori burçakka borib tuşdi.

12 oktyabr. Litva – Polşa, Niderlandiya – Finlandiya.
14 noyabr. Finlandiya – Malta, Polşa – Niderlandiya.
17 noyabr. Malta – Polşa, Niderlandiya – Litva.

C guruhi

Glazgoda revanş

Şotlandiya – Gretsiya 3:1
Gollar: Tsimikas, 62 (0:1). Kristi, 64 (1:1). Fergyuson, 80 (2:1). Dayks, 90+3 (3:1)
Şotlandiya: Gann, Henli, Suttar, Roberson (Makkenna, 90+2), Hiki (Ralston, 58), Fergyuson, Makginn, Maktominay, Kristi (Tirni, 83), Douk (Gilmor, 58), Adams (Dayks, 83)
Gretsiya: Tzolakis, Kuliyerakis, Mavropanos, Tsimikas, Vayannidis, Kurbelis (Muzakitis, 83), Zafeyris (Mantalos, 83), Bakasetas (Konstantelias, 72), Tzolis, Masuras (Karetsas, 72), Pavlidis (Ioannidis, 72)
Ogohlantirişlar: Kristi, 72. Fergyuson, 90 – Kurbelis, 34. Zafeyris, 44. Tsimikas, 79. Ioannidis, 83

Bahorda «Hempden Park»da greklar Şotlandiyaning Millatlar ligasi oliy divizioniga çiqiş umidlarini çilparçin etgandi (3:0). Bu safar ham barçasi mezbonlar uçun yoqimsiz ssenariyda boşlanişi mumkin edi, ammo öyin startida ellinlar jamoasi töpurari Pavlidis darvozabon hududida turib, töpni töğri yöllay olmadi. Lekin ikkinçi bölim boşida çap qanot himoyaçisi Tsimikas jarima maydonida paydo böldi va aniq zarba bilan hisobni oçdi. Şundan keyingina britanlar katta kuç bilan oldinga ötişdi va standart vaziyatlar orqali öyinda buriliş yasaşdi. Avvaliga Kristi muvozanatni tikladi, keyin Fergyuson jarima maydonidagi tartibsizlikdan foydalanib qoldi. Hisob 2:1 holatida tajribali darvozabon Gann 17 yoşli vunderkind Karetsasning murakkab zarbasini qaytarib, jamoasi ğalabasini saqlab qolişga katta hissa qöşdi. Qöşimça daqiqalarda esa greklar darvozaboni Tsolakis qöpol xatoga yöl qöydi, u maydon taşqarisiga çiqib ketayotgan töpni maydonda saqlab qolişga urindi, ammo uni raqib futbolçisi Dayksga taşlab berdi. Natijada ellinlar guruhdagi ikki raqobatçisiga ham yutqazgan holda 3 oçko bilan uçinçi örinda, Şotlandiya esa Daniya bilan birinçi örin uçun kuraşadi.

Belarus – Daniya 0:6
Gollar: Froholdt, 14 (0:1). Hoylund, 19 (0:2). Hoylund, 45 (0:3). Dorgu, 45+6 (0:4). Dreyyer, 66 (0:5). Dreyyer, 78 (0:6)
Belarus: Lapouxov, Zabelin, Parxomenko, Kapileviç, Peçenin, Pigas (Lisakoviç, 79), Kalinin (Yablonskiy, 58), Ebong (Kuçko, 79), Korzun, Barkovskiy (Malaşeviç, 72), Melniçenko (Demçenko, 46)
Daniya: Şmeyhel, Andersen (Hoysberg, 46), Vestergor, Kristensen, Yulmann (Norgar, 64), Heyberg, Dorgu, Isaksen (Dreyyer, 64), Froholdt (Eriksen, 46), Damsgor, Hoylund (Vinn, 77)
Ogohlantirişlar: Pigas, 15. Barkovskiy, 34 – Heyberg, 5

Daniya esa özi qilişi kerak bölgan işni qildi. Aniqroq aytganda, guruh autsayderi hisoblangan belaruslar maydonidan uç oçko bilan qaytdi, bunda uç futbolçining hissasini e’tirof etiş kerak. Birinçi navbatda — boşlanğiç tarkibdan örin olgan 19 yoşli yarimhimoyaçi Froholdtni, «Kopenhagen» yozda uni «Portu»ga 20 million yevroga pullagandi. U şu kuni terma jamoadagi ilk golini urdi va ikkinçi golda Hoylundga uzatma berdi. Rasmus «MYu»dan ketganidan keyin yuqori sport formasini namoyiş etişda davom etmoqda. U «Napoli»ga kelganidan keyin ötgan mavsumda urgan gollari (4) sonini takrorlab ulgurdi.

12 oktyabr. Şotlandiya – Belarus, Daniya – Gretsiya.
15 noyabr. Gretsiya – Şotlandiya, Daniya – Belarus.
18 noyabr. Belarus – Gretsiya, Şotlandiya – Daniya.

H guruhi

Avstriya önta gol urdi

Avstriya – San-Marino 10:0
Gollar: Şmid, 7 (1:0). Arnautoviç, 8 (2:0). Gregoriç, 24 (3:0). Poş, 30 (4:0). Poş, 42 (5:0). Laymer, 45 (6:0). Arnautoviç, 47 (7:0). Vurmbrand, 76 (8:0). Arnautoviç, 83 (9:0). Arnautoviç, 84 (10:0)
Avstriya: Pens, Danso, Alaba (Fridl, 63), Prass, Poş (Grilliç, 71), Zayvald (Şepf, 76), Laymer, Gregoriç (Floruç, 63), Zabitser (Vurmbrand, 71), Şmid, Arnautoviç
San-Marino: Kolombo, Çevoli, Valentini, Tozi, Matteoni (Sammaritani, 81), L. Kapikkioni, Latssari (Valli Kazadei, 46), Dzannoni (Mularoni, 67), Berardi (Vitayoli, 67), Kontadini (G. Kapikkioni, 73), Nanni
Ogohlantirişlar: Alaba, 86 – Berardi, 36. Valentini, 45. Matteoni, 65

Bu öyin haqidagi asosiy fakt – Avstriya terma jamoasi San-Marino darvozasiga 10 ta gol yöllagan holda, öz tarixidagi eng yirik ğalabasiga erişdi. Mezbonlar ğalabasini öyindan oldin ham taxmin qiliş qiyin emasdi, şu bilan birga, ular uçun töplar nisbatini yaxşilab oliş muhim edi. Natijada Arnautoviç pokerni rasmiylaştirib, Avstriya tarixidagi eng yaxşi töpurarga aylandi. Endi Markoning hisobidagi gollar soni 45 taga yetdi. U Toni Polsterni (44 gol) ortda qoldirdi.

Kipr – Bosniya va Gersegovina 2:2
Gollar: Katiç, 10 (0:1). Mixail, 36 – avtogol (0:2). Laifis, 45+1 (1:2). Pittas, 90+7 - penalti (2:2)
Kipr: Mixail, S. Andreu, Laifis, Korrea (Pileas, 65), Şikkis, Artimatas (Kiriaku, 80), Kastanos, Xaralambus (Kakullis, 72), Tsionis (I. Andreu, 80), Loizu (Kutsakos, 80), Pittas
Bosniya va Gersegovina: Vasil, Muxaremoviç, Katiç, Muyakiç (Burniç, 46), Dediç, Taxiroviç (Beşireviç, 90), Şuniç, Gigoviç (Başiç, 65), Alaybegoviç (Bayraktareviç, 65), Memiç (Omeroviç, 83), Djyeko
Ogohlantirişlar: Korrea, 9. Şikkis, 52 – Muyakiç, 29. Alaybegoviç, 45. Şuniç, 63. Taxiroviç, 81

12 oktyabr. San-Marino – Kipr, Ruminiya – Avstriya.
15 noyabr. Kipr – Avstriya, Bosniya – Ruminiya.
18 noyabr. Avstriya – Bosniya, Ruminiya – San-Marino.