Janubiy Koreya prezidenti Li Çje Myon iş va şaxsiy hayot örtasida barqaror muvozanatga erişiş uçun dadil siyosiy siljiş zarurligini aytdi, deb xabar berdi Bild.
U misol tariqasida «Uzoq davom etadigan iş vaqti yoşlarning martaba va oilani birlaştirişiga tösqinlik qiladi» nomli tadqiqotni keltirdi.
Unda janubiy koreyaliklar yiliga örtaça 1874 soat işlaşi körsatilgan. Bu - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkilotidagi örtaça körsatkiçdan 130 soatga köpdir.
Şu munosabat bilan mamlakatda 2030 yilgaça iş vaqtini haftasiga 40 soatdan 36 soatga qisqartiriş, kelgusida esa mehnat haqini kamaytirmagan holda 4 kunlik iş haftasini joriy etiş rejalaştirilgan.
Hozir Janubiy Koreya hukumati islohotlar rejasi va kompaniyalar uçun subsidiyalar tizimini işlab çiqiş böyiça işçi guruh tuzyapti.
Kasaba uyuşmalari uşbu taşabbusni qöllab-quvvatlab, uni «demografik inqirozni hal qilişning yagona kaliti» deb atadi. Biznes vakillari esa iqtisodiyot uçun xavf haqida ogohlantirdi. Xususan, Koreya banki yalpi içki mahsulot ösişi prognozini 0,8 foizga tuşirdi, bu 1998 yilgi Osiyo inqirozidan beri eng past körsatkiçdir.
Qayd etiş joizki, Janubiy Koreya dunyoda tuğiliş darajasi eng past bölgan mamlakat. Bu mamlakatda har bir ayolga örtaça 0,75 bola töğri keladi.












