Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatida yangi xalqaro aeroport loyihasi taqdimoti bilan tanişdi hamda mazkur ulkan majmua qurilişi boşlanişiga bağişlangan marosimda iştirok etdi.

Izçil taraqqiy etib, ulkan megapolisga aylanayotgan Toşkent şahriga dunyoning turli mintaqalaridan sayyohlaru tadbirkorlar, investoru davlat arboblarining taşrifi köpayib bormoqda. Aniq raqamlarda aytadigan bölsak, Özbekiston dunyoga keng oçilganidan söng xorijiy sayyohlar soni 3 milliondan 10 millionga oşdi. 2030 yilga borib, 15 millionga yetadi.

Yaxşi qöşniçilik aloqalarining tiklangani, çegaralarning oçilgani natijasida odamlar uçun mintaqamiz böylab bemalol harakat qiliş imkoniyati yaratildi.

Davlat rahbari taşabbusi bilan bunyod etilayotgan Yangi Toşkent şahri ham qulay joylaşuvi, investitsion jozibadorligi, yaşaş uçun barça şart-şaroitlarga egaligi bois, ğoyat gavjum maskanlardan biri bölişi kutilmoqda.

Şunga muvofiq, transport infratuzilmasining barça yönalişlari mutanosib rivojlantirilmoqda. Ayniqsa, aviatsiya sohasida yangi ekotizimni şakllantiriş böyiça keng qamrovli işlar olib borilmoqda.

Xususan, hududlardagi 7 ta xalqaro aeroport zamon talablari asosida rekonstruksiya qilinyapti.

Möynoq, Qöqon, Zomin, Şahrisabz, Sariosiyo, Söx tumanlarida yangi aeroportlar barpo etilib, ularning soni 18 taga yetkazildi.

Eng muhimi, sohada raqobat muhiti yaratilgani sababli 15 ta yangi aviakompaniya paydo böldi. Ularning aviaparkidagi havo kemalari soni 26 tadan 105 taga yetdi.

Hozirda Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari, Qatar, Koreya, Xitoy, Hindiston, Malayziya, Turkiya, Rossiya, Polşa kabi davlatlarning 51 ta aviakompaniyasi Özbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oşirmoqda.

Davlatimiz rahbari öz nutqida kelgusida ham transport infratuzilmasi jadal rivojlantirilişini ta’kidladi.

Jumladan, kelgusi beş yilda aviaparkdagi havo kemalari 180 taga, yönalişlar 230 taga, mahalliy va xalqaro aviaqatnovlar soni esa yiliga 200 mingga yetkaziladi. Aeroport infratuzilmasini xususiy şeriklik asosida rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar izçil davom ettiriladi.

– Uşbu islohotlarimizning pirovard natijasida Özbekistonni Şarq va Ğarb, Janub va Şimolni boğlovçi yirik aviatsiya xabiga aylantirişni maqsad qilganmiz,