Globallaşuv va raqamli taraqqiyot şaroitida mehnat munosabatlari sohasida yangi şakllar ham keng ommalaşmoqda.
Imkoniyat va şaroit yaratib berilgani tufayli bugungi kunda 6 millionga yaqin aholi özini özi band qilib, rözğor tebratmoqda.
Masalan, hozirgi vaqtda odamlar dasturçi, veb-dizayner, hunarmand, taksi haydovçisi, kurer kabi önlab kasblarda platformali bandlik asosida işlamoqda. Köplab fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlar masofadan turib mehnat qilişni örgandi. Mahallalarni “drayver” sohalarga ixtisoslaştiriş hisobidan 1,5 million oila öz xonadonida işlab, daromad olmoqda.
Bugun uşbu yönalişlar iqtisodiy taraqqiyotimizning bir qismiga, ularda faoliyat yuritayotgan odamlar esa mehnat munosabatlarining teng huquqli sub’yektiga aylanmoqda.
Endi kasaba uyuşmalari ham mahallalar bilan yaqindan işlaydigan samarali tizimni yölga qöyiş taklif qilindi.
Bandlik vazirligiga kasaba uyuşmalari bilan birgalikda platformalarda faoliyat yuritayotgan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qiliş va mehnat muhofazasini ta’minlaş, ularning hayoti, xavfsizligini suğurtalaş böyiça asoslangan takliflarni hukumatga kiritiş topşirildi.












