Taqdim etilayotgan taklifga köra, eksperiment tariqasida Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hamda Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida mahalla axborot va servis markazlari taşkil etilişi közda tutilgan.
Markazlar faoliyatini tuman markazidan, qoida tariqasida, 20 kilometr va undan olisda joylaşgan 5 ta mahallada yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Şu bilan birga, uşbu markazlarga yondoş mahallalarni tuman hokimligi tomonidan biriktiriş mexanizmi ham nazarda tutilgan.
Mazkur markazlarda aholiga barça turdagi davlat xizmatlari hamda bank xizmatlarini körsatiş yölga qöyilişi kutilmoqda. Şuningdek, fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanişi uçun zarur bölgan hujjatlarni tezkor rasmiylaştiriş şaroitlarini yaratiş ham rejalaştirilgan.
Loyiha doirasida markazlarda biriktirilgan mahallalar böyiça ijtimoiy-iqtisodiy körsatkiçlar, infratuzilma va ijtimoiy obektlar holati, tomorqa va boğlar, profilaktika kabi yönalişlarga oid ma’lumotlarni qamrab oluvçi situatsion boşqaruv platformasi joriy etilişi közda tutilmoqda.
Eksperiment natijalariga köra, mazkur amaliyotni boşqa hududlarda ham joriy qiliş yuzasidan asosli takliflar tayyorlaş hamda yil yakuni böyiça Özbekiston prezidenti huzurida taqdimot qiliş rejalaştirilgan.









