Prezidentning 2026 yil 24 iyunda qabul qilingan PF–116-sonli farmoni bilan mahalla boşqaruvini takomillaştirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar belgilandi.

Farmonga köra, 1 iyuldan Özbekiston mahallalari uyuşmasining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar boşqarmalari hamda tuman (şahar) bölimlariga mahallalardagi muammolarni tizimli tahlil qiliş, mas’ul idoralar örtasida hamkorlikni yölga qöyiş, hududiy dasturlarni işlab çiqiş va ularning ijrosini nazorat qilişda iştirok etiş huquqi beriladi.

Şuningdek, mahallada birinçi marta ijtimoiy xavfi katta bölmagan yoki unça oğir bölmagan jinoyatni sodir etgan fuqarolarga nisbatan sud-tergov organlari yengillik qöllagan taqdirda, «mahalla yettiligi» ularni qayta tarbiyalaş, kasbga örgatiş, bandligini ta’minlaş va ta’limga yönaltiriş uçun mas’ul böladi.

Agar kafillikka olingan şaxs uç yil davomida jinoyat va huquqbuzarlik sodir etmasa, uning ijobiy tarbiyasida faol iştirok etgan «mahalla yettiligi» a’zolarini qöşimça rağbatlantiriş çoralari köriladi.

Farmon bilan, şuningdek, mahallalar uyuşmasining tuman (şahar) bölimi boşliqlariga «mahalla yettiligi» faoliyatiga noqonuniy aralaşuv yoki ularni xizmat vazifasiga kirmaydigan işlarga jalb qiliş holatlari yuzasidan tuman (şahar) hokimlariga taqdimnoma kiritiş vakolati ham berildi.