OFK Elit Osiyo Çempionlar Ligasida 3-tur öyinlari boşlandi.

Özbekiston çempioni «Nasaf» safarda «Shabab Al-Ahliy» klubi bilan öynadi va 1:4 hisobida yutqazdi.

Mezbonlar safida Kartabia, Renan, Mateusao va Breno, mehmonlar tarkibida Zafarmurod Abdirahmatov darvozani işğol etdi.

Bu Röziqul Berdiyev jamoasining nufuzli musobaqada qatorasiga uçinçi mağlubiyati böldi: «Nasaf» turnir jadvalida sönggi örinda bormoqda. «Shabab Al-Ahliy» 7 oçko bilan ikkinçi örinni egallab turibdi.

«Nasaf» navbatdagi öyinni 3 noyabr kuni öz maydonida «Al-Vahda» (BAA) klubiga qarşi ötkazadi.

Elit OÇL. Ğarb mintaqasi. 3-tur
21 oktabr, Dubay (BAA)

«Shabab Al-Ahliy» 4:1 «Nasaf»
Gollar: Federiko Kartabia (9), Renan Viktor (27), Mateusao (41), Breno (90+5) - Zafarmurod Abdirahmatov (10)
«Shabab Al-Ahliy»: Hamad Abdulla, Bogdan Planiç, Said Izzatullohiy, Munas Dabbur, Federiko Kartabia, Renan Viktor, Lima (Breno 71), Mirsad Sayfiy (Igor Gomes 71), Mateusau Silva (Kavan Silva 71), Bala, Nemanya Maksimoviç
«Nasaf»: Oleksandr Vorobey, Alibek Davronov, Adenis Şala (Husayn Norçayev 62), Zafarmurod Abdirahmatov (Diyorbek Abdunazarov 80), Dragan Çeran, Şarof Muhitdinov (Oybek Bozorov 46), Igor Golban (Javohir Sidiqov 62), Sardorbek Bahromov, Şuhrat Muhammadiyev (Stefan Çoloviç 46), Şerzod Nasrullayev, Umarbek Eşmurodov.
Ogohlantirişlar: Zafarmurod Abdirahmatov (21), Şerzod Nasrullayev (26), Javohir Sidiqov (72)