2025 yil yanvar-sentabr oylarida Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 59,8 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 11,1 mlrd dollarga yoki 22,9 foizga köp.

Bunda eksport hajmi 26,7 mlrd dollar (+33,3 foiz), import hajmi esa 33,1 mlrd dollar (+15,6 foiz) bölgan. Taşqi savdo salbiy saldosi esa 6,4 mlrd dollargaça qisqargan.

Hisobot davrida taşqi savdo aylanmasining salmoqli qismi Xitoy (19,1 foiz), Rossiya (15,7) Qozoğiston (5,8 foiz), Turkiya (3,6 foiz) va Janubiy Koreya (2,2 foiz) bilan qayd etilgan.
Dastlabki 9 oylikda ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, yirik hamkor davlatlardan Turkmaniston (-18,1 foiz), Janubiy Koreya (-12,5 foiz), AQŞ (-7,7 foiz) va Turkiya (-2,2 foiz) bilan savdo aylanmasi miqdori qisqargan. Qolgan 17 ta davlat bilan umumiy savdo hajmi sezilarli darajada köpaygan. Xususan, BAA (+96,7 foiz), Niderlandiya (+59,5 foiz), Afğoniston (+50,8 foiz) va Hindiston (+39,4,3 foiz) kabi davlatlar bilan umumiy savdo hajmida katta ösiş qayd etilgan.
Eksport
Hisobot davrida 9,9 mlrd dollarlik (+70,9 foiz) oltin sotilgan. Bu umumiy eksportning 37,1 foizini taşkil etadi. Şuningdek, eksport tarkibida sanoat tovarlari (10,7 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (7,7 foiz), kimyoviy vositalar (5,7 foiz), turli xil tayyor buyumlar (4,7 foiz) va mineral yoqilğilar (4,2 foiz) ham sezilarli uluşga ega bölgan.

Taşqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti böyiça asosiy hamkorlar Rossiya (12,2 foiz), XXR (5,2 foiz), Qozoğiston (4 foiz), Afğoniston (3,8 foiz), Turkiya (3,1 foiz), Fransiya (2,6 foiz), BAA (2,1 foiz), Qirğiz Respublikasi (1,6 foiz), Tojikiston (1,5 foiz) va Pokiston (1,1 foiz) kabi davlatlar bölgan. Ularning umumiy eksportdagi uluşi 37,2 foizni taşkil etadi.
Yanvar-sentabr oylarida 546 mln dollarlik gaz sotilgan bölib, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 15,4 foizga köp. Bundan taşqari, 456 mln dollarlik neft va neft mahsulotlari (-1,1 foiz), 115 mln dollarlik elektr toki (+55,1 foiz) eksporti ham amalga oşirilgan.


















