Şahar transport tizimini modernizatsiya qiliş doirasida Şota Rustaveli köçasining örta qismida markaziy avtobus yölagi joriy etildi. BRT qatlami faqat avtobuslar uçun möljallangan bölib, uşbu qatlamda boşqa transport vositalarining harakatlanişi va töxtaşi qat’iyan taqiqlanadi. Markaziy yölak orqali harakatlanuvçi yönalişlarga yöl harakatida ustuvorlik beriladi.
Yölakning işga tuşirilişi natijasida yölovçi oqimini markazlaştiriş, avtobuslar harakatini barqaror va tezkor qiliş, şuningdek taşiş xizmatining vaqtda va intizomli bajarilişi kutilmoqda. Tirbandliklarni qisqartiriş, xavfsizlikni oşiriş va jamoat transportidan foydalaniş jozibadorligini kötariş asosiy maqsadlardan hisoblanadi.
Harakat iştirokçilari uçun eslatma
Yölovçilarga:
- avtobuslar yölning örta qismidagi maxsus ajratilgan BRT yölagi orqali harakatlanadi;
- platformaga faqat belgilab qöyilgan piyodalar ötiş joylari orqali çiqing;
- avtobus töliq töxtagandan söng eşikka yaqinlaşing;
- keksalar, nogironligi bölgan şaxslar va bolali yölovçilarga yöl bering.
Haydovçilarga:
- markaziy avtobus yölagi (BRT) — faqat avtobuslar uçun;
- uşbu yölakda boşqa transport vositalarining harakatlanişi va töxtaşi taqiqlangan;
- çapga buriliş va orqaga qayriş har ikki yönalişda ham taqiqlanadi;
- yölak çeklarini kesib ötiş, platforma oldida töxtaş kabi harakatlar ma’muriy javobgarlikka sabab bölişi mumkin.












