Taşabbusning maqsadi — keksalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, dam olişini mazmunli taşkil etiş va aholini içki turizmga yanada jalb qiliş.
Nimalar arzonlaşadi:
- joylaşiş vositalari: respublika böylab mehmonxona va pansionatlarda 20 foizgaça ixtiyoriy çegirmalar;
- Uzbekistan Airways (içki reyslar): 60+ yoşli erkaklar va 55+ yoşli ayollar uçun iqtisodiy klass çiptalariga 15 foizgaça çegirma (1–30 noyabr davomida amal qiladi);
- “Özbekiston temiryöllari”: mazkur toifadagilarga barça içki yönalişlarda (“Afrosiyob”dan taşqari) yöl haqining tarif qismiga 20 foiz çegirma;
- muzey va madaniy meros obektlari (Madaniy meros agentligi): kiriş çiptalariga 10 foizgaça çegirma;
- “Vaqf” fondi ziyoratgohlari: taşrif uçun 20 foizgaça çegirma.
Loyiha davrida bozor, boğ, ziyoratgoh va muzeylarga taşriflar qulay şartlarda taşkil etiladi. Sayohat paytida xavfsizlik va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etiş tavsiya etiladi.












