Ukrain qoçqinlari eng köp bölgan Germaniya va Polşada kirib kelayotgan ukrainalik yoş erkaklar soni keskin ortgani tufayli norozilik kuçaymoqda, deb yozadi Politico naşri. Bu Ukrainadan çiqiş qoidalari yumşatilişi fonida röy bermoqda.
Germaniya va Polşadagi siyosatçilar – birinçi navbatda, öta öng, ammo konservativ markazçilar – ukrainlarning kirişini çeklaş zarurligi haqida gapira boşladi. Germaniyadagi hukmron Xristian-Demokratlar ittifoqi partiyasi yetakçisi, kansler Fridrix Mersning fikriça, agar muhojirlar frontga bormaslik uçun Germaniyaga kelsa, yaqin kelajakda jamoatçilikning Ukrainani qöllab-quvvatlaşi zaiflaşişi mumkin.
«Biz ukrainalik yoş yigitlarning öz mamlakatini himoya qiliş örniga Germaniyada vaqt ötkazişidan manfaatdor emasmiz», – dedi Politico naşriga XDIning nufuzli a’zosi Yurgen Xardt. «Polşa öz mamlakatini himoya qilişi kerak bölgan minglab erkaklar uçun boşpana böla olmaydi va ularning dezertirligi xarajatlarini polşalik soliq tölovçilarga yelkasiga yuklay olmaydi», – dedi naşrga öta öng qanotdagi «Konfederatsiya» partiyasi vakili.
Ukraina hukumati avgust oyi oxirida 18 yoşdan 22 yoşgaça bölgan yigitlarga xorijga erkin çiqiş va mamlakatga qaytişga ruxsat bergandi. Bu Polşa va Germaniyaga kelayotganlar sonini keskin oşirdi.
Polşaga 2025 yil boşidan avgust oxirigaça Ukrainadan 45,3 ming erkak kirib kelgan. Keyingi ikki oy içida mamlakatga 22 yoşgaça bölgan 98,5 ming ukrainalik yoşlar kirib keldi. Germaniyada bu boradagi ösiş yanada sezilarli böldi: agar avgust oyi örtalarida mamlakatga bir hafta içida örtaça 19 nafar yoş erkak kelgan bölsa, oktyabr oyida bu miqdor – bir yarim mingdan ortiqni taşkil etdi.
Germaniya va Polşa Rossiyaning Ukraina bilan keng kölamli uruşi boşlanganidan beri Yevropa Ittifoqining barça mamlakatlaridan eng köp ukrainalik qoçqinlarni qabul qildi. Taxminan 1,2 million ukrainalik Germaniyada, bir millionga yaqini Polşada yaşamoqda. Bu Yevropa Ittifoqida qoçqin maqomiga ega bölgan barça Ukraina fuqarolarining yarmidan köpini taşkil qiladi.
Yevropadagi öng partiyalar ukrainlarga yordam beriş tizimini tobora faolroq tanqid qilib, ular haddan taşqari köp ijtimoiy imtiyozlar olayotgani hamda iş topişga yetarliça harakat qilmayotganini ta’kidlamoqda. Germaniyada yarim millionga yaqin mehnatga layoqatli yoşdagi Ukraina fuqarolari ijtimoiy nafaqa oladi. Ijtimoiy sörovlarda yetakçilik qilayotgan öta öngçi «Germaniya uçun muqobil» partiyasi bosimi ostida bölgan Fridrix Mers hukumati uşbu tölovlarni çeklaydigan qonun loyihasi ustida iş boşladi.
Ukrainada Rossiyaning keng kölamli bosqini boşlanganidan beri harbiy holat joriy etilgan. U yerda umumiy safarbarlik e’lon qilingan. 2022 yil fevral oyidan boşlab 18 yoşdan 60 yoşgaça bölgan erkaklar mamlakatni tark etiş huquqiga ega emasdi. 2025 yil avgust oyida 22 yoşgaça bölgan erkaklarga ketişga ruxsat berilgan, lekin qoidalar yumşatilişini rasmiylar yangi norma yoşlarni ösmirlik davrida u yerdan ketişga emas, balki ta’limni Ukrainada olişga undaşi bilan izohlagandi. Bundan taşqari, Ukrainada çaqiruv yoşi faqat 25 yoşdan boşlanadi.













