Toşkent viloyatining Çirçiq şahrida narkolaboratoriya foş etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, DXX Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat IIBB xodimlari hamkorligida Çirçiq şahrida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda şahardagi köp qavatli uylardan biridagi xonadonni ijaraga olib, giyohvandlik vositalarini tayyorlaş va sotiş bilan şuğullangan 4 nafar fuqaro qölga olingan.
2000 va 2002-yillarda tuğilgan uşbu şaxslar Telegram orqali xorijlik kuratorlari tomonidan kontrabanda yöli bilan yetkazib berilgan gaşiş moyi va yarim tayyor mahsulotlarni qayta işlab, gaşiş tayyorlaşgan.
Xonadon közdan keçirilganda, taxminiy oğirligi 400 gr bölgan gaşiş, 5 kg yarim tayyor mahsulot, narkotiklarni quritiş uçun möljallangan elektr peç, mikser, qölqoplar, himoya vositalari, tarozi va yelim idişlar aşyoviy dalil sifatida olingan.
Tergovga qadar tekşiruv davomida uşbu şaxslarning 1 nafari muqaddam Rossiyaga, 2 nafari esa Vetnam va Tailandga borib, laboratoriya şaroitida narkotik moddalar tayyorlaş bilan şuğullangani aniqlangan.
Qölga olinganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-1-moddasi 3-qismi “a, b” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.












