Qayd etilişiça, Turkiyaga işlaş maqsadida kelgan 19 yoşli Özbekiston fuqarosi A.S. soğliği bilan boğliq muammolar sababli mehnat faoliyatini davom ettira olmagan va vatanga qaytişga qaror qilgan.
U aviaçipta xarid qilib, Istanbul aeroportiga kelgan vaqtida soğliği keskin yomonlaşib, huşini yöqotgan.
Fuqaro Istanbul şahrining Başakşehir tumanida joylaşgan şifoxonaga yetkazilib, zarur tibbiy muolajalarni olgan.
Davolaniş jarayonida yuzaga kelgan tibbiy xarajatlarning bir qismi Turkiyada faoliyat yuritayotgan vatandoşlar kömagida qoplangan.
Özbekistonning Istanbul şahridagi boş konsulxonasi hamda Migratsiya agentligi tomonidan uning holati nazoratga olinib, vatanga qaytişini taşkil etiş böyiça zarur çoralar körildi hamda 19 yoşli A.S. tegişli taşkilotlar hamkorligida Özbekistonga qaytarildi.












